AGRO KIMYO HIMOYA

LALMIKOR MAYDONLARDA ALMASHLAB EKISH TIZIMINING TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLAR KIMYAVIY XOSSALARIGA TA`SIRI

Kurvantayev Raxmon
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
ORCID: 0000-0001-8731-4376
Geldiyev O
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0002-7364-0941
Solieva N
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0004-3855-8234

Annotatsiya

<p>Jizzaz viloyati Baxmal tumani “Muzbuloq” massivi hududida tarqalgan tо‘q tusli bо‘z tuproqlarni tashkil qilib, iqlim о‘zgarishlari va insonlar omili ta’sirida tuproqlarning kimyoviy xossalari о‘zgargan. Bu tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar miqdorining kamayishi kabi salbiy hodisalar sodir bо‘lmoqda. Izlanish olib borilgan almashlab ekish tizimidagi tо‘q tusli bо‘z tuproqlarda кo‘p yillik beda ekilgan maydonning haydov qatlamida gumus miqdori 1,117 % ni tashkil qilgan, umumiy azot 0,067 % ni umumiy fosfor 0,40 % ni, umumiy kaliy 1,172 % ni, ko‘p yillik bug‘doyda (мonokultra) gumus 1,117%, azot 0,070 %, fosfor 0,35 %, kaliy 1,050 va % ni tashkil etgan. Mos ravishda harakatchan shaklidagi nitrat esa 10,6 va 10,8 mg/kg ni, fosfor 35 va 30 mg/kg ni, almashinuvchan kaliy 211 va 202 mg/kg ni tashkil etib kam va o‘rtacha ta’minlangan gruhlarni tashkil etgan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026