Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
KARAM SHIRASIGA QARSHI BIOSLIP BV BIOPREPARATINING SAMARADORLIGI
Tashpulatov Uygun, Iskandarov Olimboy
Ushbu maqolada karam ekinida uchraydigan karam shirasiga qarshi mikrobiologik «Bioslip BV» preparati sinovdan o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu preparat dastlabki kunlarda nisbatan past samaradorlik ko‘rsatgan bo‘lsada, qo‘llanilgandan 14 kun o‘tgach, …
-
QORA ASKAR PASHSHASI (HERMETIA ILLUCENS L.) NING AHAMIYATI
Xolmurodov Abduraxmon
Ushbu maqolada qora askar pashshasi (Hermetia Illucens L.) ning lichinkalaridan hayvonlar uchun yuqori sifatli oqsilga boy yem tayyorlash texnologiyasi taklif etish, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda foydalanish mumkin bo‘lgan tabiiy va …
-
TOL BIOTSENOZIDA ENTOMOFAGLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
To‘laboyev Bobir, Shukurov Xushvaqt
Tolzorlar tabiatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tuproq eroziyasini kamaytirish va suv resurslarini saqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. So‘ngi yillarda respublikamizda o‘rmon biotsenozlarida zararkunandalardan himoya qilishda ko‘p hollarda kimyoviy kurash olib borilmoqda. …
-
ВРЕДИТЕЛИ ЗЕРНОБОБОВЫХ КУЛЬТУР И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ
Нематиллаева Гуландом, Кожевникова Алевтина
Maqolada donli loviya ekinlarining asosiy zararli organizmlari, ularning biologik xususiyatlari, zararli ta’siri va hosilga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi kurash usullari, jumladan, agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarga e’tibor qaratilgan. …
-
ВИДЫ РОДА EUSCELIS BRULLE` ПОВРЕЖДАЮЩИЕ ЛЮЦЕРНУ В УЗБЕКИСТАНЕ
Кожевникова Алевтина
Maqolada O‘zbekistonda bedani zararlovchi zararkunanda vakillari, ularni tur tarkibini Euscelis Brulle` avlodiga mansub eng xavfli turlarini, ularni ozuqlanish zanjiri, biologik xususiyatlari, zarari,xavfli rivojlanishi bosqichlarini, ularni tabiiy kushandalarini o‘rganish natijalari berilgan.
-
BRACON HEBETOR SAY ENTOMOFAGINI OMMAVIY KO‘PAYTIRISHDA MUM KUYASI (GALLERIA MELLONELLA L.) QURTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Sodiqova Nigora, Jumaev Rasul
Maqolada Bracon hebetor Say entomofagini laboratoriya sharoitida ommaviy ko‘paytirish uchun Galleria mellonella qurtlarini yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi va uning biologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotlar laboratoriya sharoitida 28-32°C harorat, 60-75% nisbiy havo …
-
КЛОПЫ ФИТОФАГИ ИЗ СЕМЕЙСТВА MIRIDAE ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ
Кожевникова Алевтина, Узакбаева Наргиза
Maqolada Miridae qandalalarini o‘rganish materiallari Toshkent viloyatidagi g‘o‘za va boshqa ekinlarning eng zararli turlari, ularning oziq-ovqat a’loqalari, morfologik, biologik xususiyatlari, zarari, rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari qayd etilgan va ularga qarshi kurash …
-
EFFECTIVENESS OF THE METHOD OF BIOLOGICAL CONTROL AGAINST PESTS FOUND ON BAMIYA VEGETABLE CROPS
Kholliyev Asamiddin, Jurayev Jakhongir, Tinchlikova Shafoat
Mazkur maqolada bamiya (Hibiscus esculentus L.) sabzavot ekinida uchraydigan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida poliz shirasi va g‘o‘za tunlamiga qarshi oltinko‘z hamda Bracon hebetor entomofaglarining …
-
TUT KO‘CHATLARI YETISHTIRISHDA SHIRALARGA QARSHI BRAKON ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI
Nosirova Zarifaxon, Sharofiddinova Shaxnoza
Dorivor moychechak o‘simligining O‘zbekiston hududida uchraydigan zararkunandalaridan shiralarga qarshi brakon entomofagini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalarining tahlili keltirilgan. Entomofag qo‘llanilgandan so‘ng zararkunandaning soni bir tekis kamayib borganligi qayd etilgan …
-
MOYCHECHAK ZARARKUNANDALARIDAN SHIRALARGA QARSHI KURASHDA BRAKON ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI
Nosirova Zarifaxon, Mo‘minov Sunnatillo
Dorivor moychechak o‘simligining O‘zbekiston hududida uchraydigan zararkunandalaridan shiralarga qarshi brakon entomofagini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalarining tahlili keltirilgan. Entomofag qo‘llanilgandan so‘ng zararkunandaning soni bir tekis kamayib borganligi qayd etilgan …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM SHAROITIDA O‘RIK DARAXTI ZARARKUNANDALARINING TURLARI VA RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASIGA QARSHI KURASH
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroiqlim sharoitidagi o‘rik daraxtlari agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalar tarkibi, ularning tarqalishi hamda zarar yetkazish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida o‘rik-qamish shirasi, katta shaftoli tana shirasi, yashil olma …
-
YAPON SAFORASI (SOPHORA JAPONICA) DARAXTIDA UCHRAYDIGAN O‘SIMLIK SHIRALARI (APHIDIDAE) VA ULARNING TABIIY KUSHANDALARI
Turdibekova Zarnigor, Esanbayev Shamsi
Sophora japonica daraxtida uchraydigan entomafaglar faunasi o‘rganildi. 2026 yil bahor faslida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 1 ta xonqizi qo‘ng‘izi, 1 ta serphid pashshasi va 1 ta afidus arisi turi aniqlandi. Ularning …
-
TOKZORLARDA LEPIDOPTERA TURKUMI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA ENTOMOFAGLARNI QO‘LLASHNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Ubaydullaev Sardor
Ushbu maqolada tokzorlarda uchraydigan Lepidoptera turkumi zararkunandalariga qarshi kurashda entomofaglarni qo‘llashning biologik samaradorligi keltirilgan. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot …
-
TOKDA ANTRAKNOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Rahmonov Ubaydillo, Xodjamqulova Sitora, Razakova Ro‘zigul
Mazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va uning qo‘zg‘atuvchisi Elsinoë ampelina zamburug‘ining biologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida uzumning turli navlarida kasallikning tarqalishi, rivojlanishi va zarari baholanib, unga qarshi …
-
DORIVORLIK XUSUSIYATGA EGA O‘SIMLIKLARDAN ANTOGISTIK ZAMBURUG‘LARNI AJRATIB OLISH
Rahmonov Ubaydillo, Fozilova Moxidil
Ushbu tadqiqot dorivorlik xususiyatiga ega o‘simliklardan antagonistik zamburug‘larni ajratib olish, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda fitopatogen zamburug‘larga qarshi qo‘llash imkoniyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida mahalliy sharoitda o‘suvchi dorivor o‘simliklardan antagonist …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA POMIDOR O‘SIMLIGIDA FITOFTOROZ KASALLIGI BO‘YICHA ANALITIK SHARH
Raximov Uchqun, Sodiqov Baxrom
Mazkur sharhda issiqxona sharoitida pomidor o‘simligida fitoftoroz kasalligining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atuvchisi, kasallik belgilari hamda epidemiologik qonuniyatlari zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasallik P.infestans tomonidan qo‘zg‘atiladi va …
-
РЕЗУЛЬТАТЫ ИСПЫТАНИЯ БИОПРЕПАРАТА ПСЕВДОБАКТЕРИН 3 Ж. ПРОТИВ ГНИЛИ, ФИТОФТОРОЗА И КЛАДОСПОРИОЗА ТОМАТА
Зупаров Миракбар, Мамиев Мухиддин, Камилов Шухрат
Maqolada Psevdobakterin 3 j. preparatini pomidorning fitoftorz, kladiosporioz va chirish kasalliklariga qarshi qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba natijasiga ko‘ra Psevdobakterin 3 j. preparatini pomidorning fitoftoroz, kladiosporioz va chirish kasalliklariga qarshi …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZINING RIVOJLANISHIGA MIKROIQLIM OMILLARINING TA’SIRI
Normatova Diyora
Ushbu tezisda issiqxona sharoitida bodring antraknozining rivojlanishiga mikroiqlim omillarining ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda yuqori namlik, kondensat hosil bo‘lishi, havo almashinuvining yetarli emasligi va o‘simlik qoldiqlarida infeksiya manbalarining saqlanishi kasallik rivojlanishida …
-
VODIY SHAROITIDA QOVOQ EKINLARIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘apporov Islomjon, Shomirzoyev Asliddin, Hamdamova Zaxroxon
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida qovoq ekinlarida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar, ularning bioekologik xususiyatlari, zararlanish darajasi hamda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili bayon etilgan. Tadqiqotlarda unshudring, …
-
DORIVOR O‘SIMLIKLARDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR VA ULAR BILAN KURASHISHNING DOLZARBLIGI
Xakimova Nigora
Maqolada O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirishning hozirgi holati, ularda uchraydigan asosiy kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarining dolzarbligi yoritilgan. Dorivor o‘simliklarda tarqalgan un-shudring, zang, dog‘lanish va ildiz chirish kasalliklarining …