DORIVORLIK XUSUSIYATGA EGA O‘SIMLIKLARDAN ANTOGISTIK ZAMBURUG‘LARNI AJRATIB OLISH

Rahmonov Ubaydillo
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0004-8980-6840
Fozilova Moxidil
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0004-3159-4865

Abstract

Ushbu tadqiqot dorivorlik xususiyatiga ega o‘simliklardan antagonistik zamburug‘larni ajratib olish, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda fitopatogen zamburug‘larga qarshi qo‘llash imkoniyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida mahalliy sharoitda o‘suvchi dorivor o‘simliklardan antagonist zamburug‘lar ajratib olinib, ularning fenotipik va biologik xususiyatlari o‘rganildi. Trichoderma harzianum va Trichoderma viride kabi antagonist zamburug‘larning Fusarium, Alternaria, Rhizoctonia va Phytophthora kabi fitopatogenlarga qarshi samaradorligi tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida ekologik xavfsiz biopreparatlar yaratish va dorivor o‘simliklarni kasalliklardan biologik himoya qilishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi.

How to cite

GOSTRahmonov U., Fozilova M. DORIVORLIK XUSUSIYATGA EGA O‘SIMLIKLARDAN ANTOGISTIK ZAMBURUG‘LARNI AJRATIB OLISH // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №4 (119). – DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m57.
APARahmonov U., Fozilova M. (2026). DORIVORLIK XUSUSIYATGA EGA O‘SIMLIKLARDAN ANTOGISTIK ZAMBURUG‘LARNI AJRATIB OLISH. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 119(4). https://doi.org/10.63241/akhvvol119y2026iss4m57
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Published: 01.06.2026