Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
G‘O‘ZADA FIZIOLOGIK JARAYONLAR REGULYATSIYASI VA DEFOLIATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH
Musayeva Gulbaxor, Abduraxmonov Diyorjon, Isroilov Dostonbek
Ushbu maqolada g‘o‘zada fiziologik jarayonlar regulyatsiyasi va defoliatsiyani optimallashtirish masalalari o‘rganildi. Dala tajribalari asosida defoliatsiya jarayonining o‘simlikning fiziologik holati va ko‘saklarning ochilishiga ta’siri tahlil qilindi. Defoliatsiyani optimal muddat va me’yorlarda …
-
MAHALLIY BENTONIT GILLARI ASOSIDA YARATILGAN AGROTEXNOLOGIK USULLARNING G‘O‘ZANING FOTOSINTETIK FAOLIYATI, QURUQ MODDA TO‘PLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRINI ILMIY ASOSLASH
Davronova Zohida, Boltayev Saydulla
Maqolada g‘o‘za yetishtirishda bentonit gillari qo‘llashning samaradorligi o‘rganildi. Chigitni bentonit gili bilan qobiqlash va bargidan oziqlantirish g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligini oshirdi. Eng yaxshi natija chigitni 100 kg/t me’yorda qobiqlash …
-
BUG‘DOY DONIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LAR VA ULARNING URUG‘ UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Xaytbayeva Nodira, Alamuratov Rayimjon, Rasulova Madina
Maqolada bug‘doy donida uchraydigan mikroorganizmlar va ularning don unuvchanligi va ko‘chat qalinligiga ta’siri o‘rganilgan. Urug‘ yuzasida uchraydigan tuproq zamburug‘lariga: Bipolaris, Alternaria, Fusarium, Tilletia (Tilletia lives va Tilletia caries), Ustilago, Uromyces …
-
KUZGI YUMSHOQ BUGʼDOY NAVLARINING SUT PISHISH DAVRLARIGA MINTAQA SHAROITI TAʼSIRI
Ishankulova Gavxar
Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining sut pishish davriga mintaqa sharoitlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harorat va boshqa agroiqlim omillari sut pishish davrining davomiyligi hamda navlarning rivojlanish xususiyatlariga sezilarli …
-
KUZGI BUG‘DOYNING DON HOSILDORLIGIGA SUYUQ AZOTLI O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH ME’YOR VA MUDDATLARINING TA’SIRI
Davronov Qaxramon, Saminov Avazbek
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doydan sifatli va yuqori don hosili olishda suyuq azotli o‘g‘itlar bilan bargidan tuplash va naychalash davrida oziqlantirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish qo‘shimcha don hosili olish imkonini …
-
RIJIK O‘SIMLIGINI YETISHTIRISHDA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Mazkur maqolada rijik (Camelina sativa) o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga, qishga chidamliligiga hamda don hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Penziyak va Karat navlarida azot, fosfor va kaliy …
-
SHOLI (ORYZA SATIVA L.) NAVLARINING OPTIMAL HARORAT SHAROITIDA LABORATORIYA UNUVCHANLIGI VA BOSHLANG‘ICH ONTOGENEZ KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Xojamkulova Yulduzoy, Qashqaboyeva Chulpanoy, Xayitov Maqsadbek, Nomozov Zokir
Ushbu maqolada sholining mahalliy seleksiyasiga mansub “Manzur” va “Rizq” navlarining urug‘lik sifati va boshlang‘ich rivojlanish dinamikasi laboratoriya sharoitida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotlar GOST 12038-84 davlat standarti talablari asosida, nazorat qilinadigan …
-
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. …
-
NO‘XAT (CICER ARIETINUM L.) NAVLARIDA GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNI KETMAKET QO‘LLASHNING VEGETATSIYA DAVRI VA HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Yo‘ldoshev Abdulaziz, Turdiyeva Nilufar
Ushbu maqolada no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarida gerbitsidlar (pendimetalin, prometrin va imazapyr asosidagi preparatlar) hamda “Ekobiosfera Organik plyus” biostimulyatorini ketma-ket qo‘llashning vegetatsiya davri davomiyligi va hosil elementlariga ta’siri o‘rganildi. 2022–2024-yillarda …
-
MOYLI ZIG‘IR NAVLARINI EKISH MUDDATLARI VA EKISH ME’YORLARINING O‘SIMLIK BO‘YI BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI
Maxammadiyeva Adiba, Sattarov Isroil, Mavlanov Laziz
Maqolada moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining Bahorikor va Lalmikor navlarini turli muddatlarda (01-10 mart, 11-20 mart va 21–30 mart) hamda turli ekish me’yorlarida (3,5; 4,0 va 4,5 mln dona/ga) …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
RB 14 VA RB 17 MIKROBIOLOGIK SHTAMMLARINING MOSH (VIGNA RADIATA L.) RIVOJLANISHIGA BIOSTIMULYATOR SIFATIDAGI TA’SIRI
Anorboyev Akbar, Zuparov Mirakbar, Kadirova Zuhra, Jumanazarov G‘ayrat
Ushbu maqolada biologik faol modda ajratuvchi rizosfera RB 14 va RB 17 bakteriya shtamining mosh urug‘ida unuvchanligini va o‘sishini tezlashtirishiga ta’siri bo‘yicha tajriba sinov natijalari keltirilgan. Tajribada har ikki shtamning …
-
BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE MAIN PESTS OF HORSE CHESTNUT (AESCULUS HIPPOCASTANUM L.) AND INTEGRATED MANAGEMENT STRATEGIES
Yakubov Farrukh, Sherboboyev Ilhom
Ushbu maqolada soxta kashtani (Aesculus hippocastanum) daraxtining asosiy zararkunandalari, xususan, kashtan kuyasining (Cameraria ohridella) bioekologik xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zararkunandaning rivojlanish sikli, populyatsiya dinamikasi va shahar ekotizimlaridagi tarqalishi …
-
MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES
Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat
Mazkur tadqiqotda Chrysoperla carnea (Stephens) va Chrysopa septempunctata (Neuroptera: Chrysopidae) entomofaglarini laboratoriya va agrobiotsenoz sharoitida ommaviy ko‘paytirish, saqlash texnologiyasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Sitotroga cerealella (Olivier) asosida ko‘paytirish …
-
EMPTY PESTICIDE CONTAINERS REVIEW
Babadjanov Jakhongir
Zamonaviy qishloq xo‘jaligida pestitsidlar qo‘llanilishining ortishi natijasida xavfli chiqindilar hajmi sezilarli darajada ko‘paydi, ayniqsa pestitsidlar uchun ishlatilgan bo‘sh idishlar shaklida bu holat ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu idishlarni noto‘g‘ri boshqarish inson …
-
O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)
Mirabidova Dildora, Berdiyeva Feruza
Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab …
-
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ХРАНЕНИЯ ПИЩЕВОЙ ПРОДУКЦИИ НА ОСНОВЕ ХИТОЗАНОВЫХ БИОПОЛИМЕРОВ
Абдуллаев Фазилжон, Дубовик Татьяна
Mazkur maqolada xitozan biopolimerlari asosidagi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning innovatsion texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ekologik xavfsiz qoplamalardan foydalanishning dolzarbligi asoslab berilgan. Xitozanning saqlash …
-
SURINAM UNXO‘RINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Avazov Sanjar
Ushbu maqolada surinam unxo‘ri (Oryzaephilus surinamensis L.) ning bioekologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlari keltirilgan bo‘lib surinam unxo‘ri tuxumi havo harorati 17 °C bo‘lganda 30 kun, 20 °C da 12 kun, 22 °C …
-
MEVALI BOG`LARDA KENG TARQALGAN ICHKI KARANTINDAGI ZARARKUNANDALAR “KOMSTOK QURTI” BIOEKOLOGIYASI VA QARSHI KURASH CHORALARI
Rustamov Atxam, Botirov Saidjahon
Ushbu maqolada mevali bog‘larda keng tarqalgan ichki karantin zararkunandasi – Komstok qurti (Pseudococcus comstocki Kuw.) ning bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, rivojlanish bosqichlari va zarar keltirish darajasi o‘rganilgan. Shuningdek, zararkunandaga qarshi qo‘llanilgan …
-
DEVELOPMENT OF A LABORATORY REARING SYSTEM FOR WHITEFLY AS A HOST FOR ENCARSIA FORMOSA
Jumaev Rasul, Tog‘ayev Sukhrobjon, Saidova Zukhra, Musurmonqulova Maftuna, Norbekov Asadbek
Mazkur maqolada oqkanotlar (Aleyrodidae), xususan Bemisia tabaci Genn. ni laboratoriya sharoitida samarali ko‘paytirish texnologiyasi hamda ularning biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida oqkanot populyatsiyasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida optimal mikroiqlim sharoitlari …