Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
HYMENOPTERAN ENTOMOPHAGES IN VEGETABLE AGROBIOCENOSES OF UZBEKISTAN
Jumaev Rasul, Abdullayev Azizbek, Ergashov Sunnat
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston sabzavot agrobiotsenozlarida tarqalgan Hymenoptera turkumiga mansub parazit entomofaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va trofik munosabatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Lepidoptera turkumiga mansub asosiy zararkunanda turlarning tabiiy kushandalari aniqlanib, …
-
O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)
Mirabidova Dildora, Berdiyeva Feruza
Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab …
-
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA MEVALI BOG‘ ZARARKUNANDALARI BO‘YICHA MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI
Shukrullayeva Munisa
Iqlim o‘zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalari ekinlar yetishtirish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Odatda moslashuvchan organizmlar sifatida hasharotlar zararkunandalari iqlim o‘zgarishining turli sabablariga turlicha munosabatda bo'lishadi. Ushbu sharhda …
-
SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING BUG’DOYDAGI ZARARI VA BIOEKOLOGIYASI
Muminova Ra’no, Ro’ziqulov Davlatbek
Ushbu maqolada bug’doyning so‘ruvchi zararkunandalari zarari, hayot kechirishi va qarshi kurash choralari, respublikamiz ga’llazorlarida uchraydigan turlari hamda ushbu zararkunanda hasharotlarni hayot kechirish va qarshi kurash choralari haqida ma’lumotlar berilgan.
-
SOYA AGROBIOTSENOZIDA MAVJUD TABIIY KUSHANDALARNING TURLARI VA TARQALISHI
Xolliyev Asamiddin, Xoliqova Marjona, Imomova Muqaddas
Maqolada soya agrobiotsenozida turli sistematik guruhlarga mansub entomofaglar mavjudligi aniqlangan. Ushbu tabiy kushandalar, qattiqqanotlilar (Coleoptera), yarimqattiqqanotlilar (Hemiptera), pardaqanotlilar (Hymenoptera), ikkiqanotlilar (Diptera) va to‘rqanotlilar (Neuroptera) turkumlariga mansub 10 ga yaqin foydali …
-
REDISKA VA DAIKON EKINLARIDA BREVICORYNE BRASSICAE VA APHIS GOSSYPII SHIRALARINING UCHRASHI VA ZARARI
Topilova Saodat
Ushbu maqolada rediska va daikon ekinlarida keng tarqalgan Brevicoryne brassicae va Aphis gossypii turlarining bioekologik xususiyatlari, uchrashi va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari Toshkent viloyati sharoitida ushbu zararkunandalar populyatsiyasi …
-
TOL BIOTSENOZIDA ENTOMOFAGLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
To‘laboyev Bobir, Shukurov Xushvaqt
Tolzorlar tabiatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tuproq eroziyasini kamaytirish va suv resurslarini saqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. So‘ngi yillarda respublikamizda o‘rmon biotsenozlarida zararkunandalardan himoya qilishda ko‘p hollarda kimyoviy kurash olib borilmoqda. …
-
ВИДЫ РОДА EUSCELIS BRULLE` ПОВРЕЖДАЮЩИЕ ЛЮЦЕРНУ В УЗБЕКИСТАНЕ
Кожевникова Алевтина
Maqolada O‘zbekistonda bedani zararlovchi zararkunanda vakillari, ularni tur tarkibini Euscelis Brulle` avlodiga mansub eng xavfli turlarini, ularni ozuqlanish zanjiri, biologik xususiyatlari, zarari,xavfli rivojlanishi bosqichlarini, ularni tabiiy kushandalarini o‘rganish natijalari berilgan.
-
КЛОПЫ ФИТОФАГИ ИЗ СЕМЕЙСТВА MIRIDAE ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ
Кожевникова Алевтина, Узакбаева Наргиза
Maqolada Miridae qandalalarini o‘rganish materiallari Toshkent viloyatidagi g‘o‘za va boshqa ekinlarning eng zararli turlari, ularning oziq-ovqat a’loqalari, morfologik, biologik xususiyatlari, zarari, rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari qayd etilgan va ularga qarshi kurash …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM SHAROITIDA O‘RIK DARAXTI ZARARKUNANDALARINING TURLARI VA RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASIGA QARSHI KURASH
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroiqlim sharoitidagi o‘rik daraxtlari agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalar tarkibi, ularning tarqalishi hamda zarar yetkazish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida o‘rik-qamish shirasi, katta shaftoli tana shirasi, yashil olma …
-
INTRODUKSIYA QILINGAN QO‘ZIQORINLARINI MAHALLIY SHAROITDA YETISHTIRISH
Sarsenbaeva Rayxan, Hamrayeva Dilnavoz, Zuparov Mirakbar, Mamiyev Muxiddin
Maqolada introduksiya qilingan qo‘ziqorin turlarini urug‘lik mitseliysini yetishtirish shart-sharoitlari va qo‘ziqorin mevasini yetishtirish uchun ishlatilatigan xom ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
INDIGOFERA O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI ILMIY TAHLIL QILISH
Islomov Usmonqul, Hoshimova Shaxlo, Nazarova Laziza, Ulug‘bekova Gulchehra
Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Indigofera turkumiga kiruvchi o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ko‘p qirrali ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqotda o‘simlikning to‘qimachilik sanoatida tabiiy bo‘yoq (indigo) olishdagi o‘rni, chorvachilikda yuqori oqsilli …
-
СОСТАВ ПОЧВЕННЫХ ГРИБОВ ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ ГРИБНЫХ БОЛЕЗНЕЙ РАСТЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Камилов Шухрат, Нуралиев Хамра
Ushbu maqolada tuproq zamburug‘larining tur tarkibi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ular 2 oila, 49 turkum va 277 turdan iborat bo‘lib, barchasi anamorf gifali zamburug‘larning rasmiy guruhiga kiradi. Aniqlangan zamburug‘lar turlarining asosiy …
-
XANDON PISTADA QALQONDORLAR – DIASPIDIDAE OILASI VAKILLARINING RIVOJLANISHI VA ZARARI
Ravshanov Davronbek, Xujayev Otabek
Jizzax viloyati iqlim sharoitida qalqandorlar oilasi vakillaridan Pista qalqondori, Binafsha tusli qalqondor va Kaliforniya qalqondor turlari mavjudligi 2023-2025-yillarda aniqlangan. Xandon pistada Pista qalqondori aprelsentyabr oylarida rivojlanib 2-3 ta avlod, Binafsha …
-
ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА БОРЬБЫ ПРОТИВ МИНИРУЮЩИХ НАСЕКОМЫХ
Ходжаев Шамиль, Хусенова Нодира
Maqolada o‘simlik barglarida g‘ovak hosil qilib shikastlaydigan bir nechta kelgindi (invaziv) hasharot turlarining tarqalishi, rivojlanish xususiyatlari va zarari keltirilgan. Bundan tashqari, ularga qarshi kurashish uchun 6 ta alohida xususiyatlarga ega …
-
SHOLI O‘SIMLIGINI O‘SIB RIVOJLANISHIGA ZIYON KELTIRAYOTGAN GELMINTOSPORIOZ (HELMINTHOSPORIUM SPP) KASALLIGINI ANIQLASH CHORALARI
Abdullaev Mirtemir
Maqolada sholi o’simligida kam uchraydigan lekin saqlash omborlarida don sifatiga va unuvchanligiga kuchli ziyon keltiradigan kasallik turlaridan biri (Helminthosporium spp) haqida yoritilgan, ularni qo‘zg‘atuvchi patogenlari, konidiyalarining tarqalish maydoni, kasallik qo’zg’atuvchi …
-
TOG‘ OLDI MAYDONLARIGA MOS YAYLOVBOP VA PICHANBOP O’SIMLIKLAR
Xalilov Ximail, Adilov Sobitjon
Maqolada chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadigan sharsimon astragal, Xuroson esparseti va cho’l erkak o’tining xo’jalikbop xususiyatlarini tadqiq qilishga oid ma’lumotlar bayon qilingan. Tog’ oldi yaylovlarida astragalli, esparsetli, erkak o’tli …
-
YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISH HAMDA SALBIY OQIBATLARINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Umarov Muhammad, Nizamov Sobirjon, Absalomova Madinaxon, G‘aybulloyeva Aziza, Karimova Nilufar
Mazkur maqolada mamlakatimizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, degradatsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan, xususan, hududlarda shamol eroziyasi ta’sirida tuproqning ustki unumdor qatlamining keskin kamayishi, bunday salbiy omillarning oldini olishda qishloq …