Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
G‘O‘ZA NAVLARIDA FOTOSINTETIK SOF MAHSULDORLIK VA QURUQ MODDA TO‘PLANISHI
Allanazarov Sultanbek Reypnazarovich, Kudaybergenova Naubaxar Paxratdinovna
Maqolada S-4727 va Mang‘it-1 g‘o‘za navlarida o‘simlik rivojlanishining shonalash, gullash va hosil to‘plash fazalarida barg sathi, quruq massa to‘planishi hamda fotosintetik sof mahsuldorlik (FSM) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA XO‘RAKA UZUM NAVLARINI SAQLASH USULLARI
Yusupov Risnazar Orazbaevich, Djumabaeva Mehriban Saparbayevna
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirilgan xo‘raki Nimrang, Toifi, Xusayni, Kelin barmoq uzum navlarini saqlash oldi yig’im-terim muddatini to‘g‘ri tashkillashtirish tadbirlarini va dezinfektsiya o‘tkazish, uzum mevalarini uchta yirik, o‘rta va kichik …
-
BROKKOLI NAVLARIDAN OLINGAN KUKUNLARDA BIOAKTIV KOMPONENTLARNING SAQLANISH BARQARORLIGI VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI
Nurmatov Sherzod Shakarbayevich
Maqolada turli brokkoli duragaylaridan maqbul quritish texnologiyasi asosida olingan kukunlarning 12 oylik saqlash davrida fizik-kimyoviy sifat ko‘rsatkichlari va bioaktiv komponentlarining barqarorligi baholandi. Namunalar 55°C harorat, infraqizil nurlanish va 1,5 m/s …
-
TAKRORIY EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN YERYONG‘OQ NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI
Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, Mo‘minov Abduvali Akbaraliyevich, Sarimsaqov Umidjon Mashrabjonovich
Maqolada takroriy ekin sifatida yetishtirilgan yeryong‘oqning “Lider” va “NS-7” navlarining o‘sishi va rivojlanishi, asosiy fenologik fazalarining boshlanish muddatlari hamda dukkaklash fazasidagi biometrik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Fenologik kuzatuvlar natijasida “Lider” navida urug‘larning …
-
RESPUBLIKAMIZNING JANUBIDA IN-VITRO SHAROITIDA DIGAPLOID BUG‘DOY GENOTIPLARINI YARATISH
Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, Boysunov Nurzod Bekmurodovich, Xazratkulova Shaxnoza Usmanovna, Norpo‘latov Xayrullo Beknazarovich
Maqolada zamonaviy bug‘doy seleksiyasida In-Vitro biotexnologiyalardan foydalangan holda digaploid genotiplarni yaratishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Digaploid (Doubled Haploid, DH) texnologiyasi gibrid avlodlaridan qisqa muddatda genetik jihatdan yuqori darajada gomozigot …
-
BUTGULLI EKINLARDA AKATSIYA SHIRASI (APHIS CRACCIVORA KOCH.) GA QARSHI OLTINKO’Z KUSHANDASINING SAMARADORLIGINI ANIQLASH
Sodiqov Elyor Kamoliddin o’g’li
Ushbu maqolada bahorgi muddatda ekilgan raps ekinidagi akatsiya shirasiga qarshi oltinko‘z entomofagini biologik samaradorligini aniqlash maqsadida, Toshkent viloyati Qibray tumani ToshDAU o‘quv ilmiy tajriba xo‘jaligining 0,5 gektarlik raps ekin maydonida …
-
PARKENT TUMANI SHAROITIDA SHINGIL BARG O‘ROVCHISI (LOBESIA BOTRANA Den.et Schiff.) RIVOJLANISH FENOLOGIYASI
Ubaydullaev Sardor Ixtiyor o‘g‘li, Saidov Istam Rustamovich
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Parkent tumani sharoitida tokning asosiy zararkunandalaridan biri – shingil barg o‘rovchisi (Lobesia botrana Den. et Schiff.)ning bioekologik xususiyatlari va rivojlanish fenologiyasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqiotlar …
-
PEKIN KARAMINING URUG‘LARINI UNIB CHIQISHI.
Jumanov Laziz Azizjon o‘g‘li, Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich
Mazkur tadqiqotda pekin karamining turli duragaylarida urug‘larning unib chiqishi hamda dastlabki rivojlanish bosqichlarining davomiyligi o‘rganildi. Kuzatuvlar 2023–2026 yillar davomida olib borilib, duragaylarning 10 va 75 foiz unish ko‘rsatkichlari, birinchi chinbarg …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TURLI EKISH MUDDATLARINING BODRING DURAGAYLARI HOSILDORLIGI VA TOVARBOP MAHSULOT MIQDORIGA TA’SIRI
Allamjarova Gulbaxar Axmetovna, Yerejepova Gulbaxar Tajetovna
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida bodring duragaylarini turli ekish muddatlarida yetishtirishning hosildorlik ko‘rsatkichlari va tovarbop mahsulot miqdoriga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Saturn F1 va Zena F1 duragaylarining aprel oyining III o‘n …
-
QORAQALPOG‘ISTON TUPROQ IQLIM SHAROITIDA BODRINGNI YETISHTIRISHDA, O‘SIMLIK FENOFAZALARINI O‘TISH DAVOMIYLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI
Allamjarova Gulbaxar Axmetovna, Yerejepova Gulbaxar Tajetovna
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida bodringning Saturn F1 va Zena F1 duragaylarini turli ekish muddatlarida yetishtirish natijalarining ayrim fenologik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Tadqiqotlarda bodring duragaylarining urug‘larning unib chiqishi, 10 va …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA BAMIYA NAV NAMUNALARINING FENOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY BAHOLASH
Matkurbanova Gulistan Aytmuratovna, Matiyakubov Xudoyar
Ushbu tadqiqotda 2023–2025 yillarda bamiya nav-namunalarining fenologik ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘rganildi. Tadqiqotda nav-namunalarning urug‘larni unib chiqish davri, urug‘larni unib chiqqan vaqtdan birinchi gullashgacha bo‘lgan muddat, birinchi va oxirgi terimgacha bo‘lgan …
-
TURLI EKISH MUDDATLARINING BROKKOLI DURAGAYLARINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA TA’SIRI
Negmatova Pokiza Vafo qizi
Maqolada Samarqand viloyati sharoitida brokkoli karami duragaylari turli ekish muddatlarida o‘suv davri davomiyligi o‘zgaruvchanligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilindi. Nazorat variantiga qaraganda o‘rganilayotgan ekish muddatlarida o‘suv davri davovomiyligi 2-7 …
-
MAQBUL CHILPISH MUDDATI MO‘L HOSIL GAROVI
Yusupov Hasan Rustamovich, Raximov Shuxrat Shoxzam o‘g‘li
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida ekilayotgan “Sulton”, “C-8294” g‘o‘za navlarning hosildorligi, o‘sish rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, hosil elementlarining shakillanishi kabi ko‘rsatkichlariga ekish tizimi hamda chilpish muddatlarining ta’siri o‘rganiladi.
-
KUNGABOQAR DURAGAYLARIDA BARG SATHINING SHAKLLANISHIGA MA’DANLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI
Nurmetova Manzura Anvarbek qizi, Satipov Gayipnazar Matvapayevich
Maqolada 2024–2026 yillarda Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida kungaboqarning mahalliy «KK-52» F1 hamda xorijiy «Dushko» F1 (Serbiya) va «Svetlana» F1 (Rossiya) duragaylarida barg sathining shakllanishiga ma’danli o‘g‘itlarning to‘rt xil me’yori …
-
KUZGI BUG‘DOYNI MAQBUL ME’YOR VA MUDDATLARDA OZIQLANTIRISHNING BOSHOQ HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Bobomurotova Mohira Ishmurod qizi
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning oziqa unsurlarini maqbul o‘zlashtirishi uchun N180, P90, K60 kg/ga me’yorda, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni tuproq ichidan qo‘llash natijasida boshoq uzunligi 12,1 …
-
KARAM KUYASI (Plutella maculipenins Curt.) BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Xaytmuratov Arslonbek, Botirov Sodiq
Ushbu maqolada karam kuyasi ning bioekologik xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari hamda unga qarshi qo‘llaniladigan turli kimyoviy guruhlarga mansub preparatlarning biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida zararkunandaning rivojlanish dinamikasi, muhit omillariga bog‘liqligi va …
-
TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI
Imomaliyev Erali, Jamolov Axadjon, Abdurahimov Diyorbek
Ushbu tadqiqotda Bt asosidagi g‘o‘za ekinlarining turli zararkunandalarga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilingan. Bt g‘o‘za Helicoverpa armigeraga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatib, insektitsidlar qo‘llanilishini sezilarli darajada kamaytirib agrotexnik jihatdan samarali yechim …
-
TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
Anorbayev Azimjon, Qurbonova Nafosat, Karimova Rixsiniso
Mazkur tadqiqotda tuproq entomopatogen nematodalarini dala va laboratoriya sharoitida samarali aniqlash hamda ajratib olish uchun ishlab chiqilgan portativ qurilmaning texnologik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida turli agrobiotsenozlardan tuproq namunalari yig‘ilib, ulardan …
-
TAMAKI SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING AHAMIYATI
Tolibayev Oybek, Bababekov Qalandar, Ergashev Shavkat, Umurzakov Elmurod
Maqolada tamaki tripsi va shaftoli biti miqdoriga haydash, mineral o'g'itlar, jadval va ekish muddatlari, tozalash va ko'chirishning ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
G‘O‘ZANI KUZGI TUNLAM (ILDIZ QURTI) DAN HIMOYA QILISH TADBIRLARI
Sattarov Navro‘z, Choriyeva Ra’no
Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. Et Schiff) zararkunandasi so‘nggi yillarda keng tarqalib, g‘o‘za maydonlarida to‘liq ko‘chat olishda salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolada g‘o‘za maydonlarida ildiz qurtiga qarshi kurashda agrotexnik, biologik …