Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
OROL DENGIZI YASHIL QOPLAMA O‘SIMLIKLARI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH
Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, Eshmuratov Elbrus G‘aybullaevich, Xojaev Otabek Temirovich, Aytimov Islam Alimbetovich, Toreniyazov Tilewmurat Elmuratovich, Genjemuratov Risbek Imuratovich, Sherniyazov Raxat Paraxat o‘g‘li
Maqolada Orol dengizi qurigan joylarida barpo etilgan yashil qoplamalardagi o‘simliklarning o‘sib-rivojlanishiga salbiy ta`sir etishi tufayli katta zarar keltirayotgan zararkunanda turlarini aniqlash, tarqalib, zarar keltirishiga ijobiy ta`sir etayotgan abiotik va biotik …
-
BRAKONNI KO‘PAYTIRISH QURILMASINI YARATISH
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Baxodirov Ulug‘bek Zokirjon o‘g‘li
Maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi konstruksiyadagi qurilmaning tuzilishi va texnologik imkoniyatlari bayon etilgan. Qurilma katta mum parvonasi (Galleria mellonella …
-
Turli genomga mansub bo’lgan g’o’za namunalarida o’suv va hosil shoxlarining shakllanishi.
Mamedova Feruza Faxriddinovna, Kurbonov Abrorjon Yorqinovich, Djumayev Sanjar Shukurovich, Isayeva Rayxona Madaminjon qizi, Nazirov Muhammadlatif Ma’ruf o’g’li
Mazkur tadqiqotda turli genomga mansub g‘o‘za nav va namunalarida monopodial hamda simpodial shoxlarning shakllanishi, irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida 27 ta seleksiya namunasi va C-6524 andoza navida monopodial hamda …
-
ARTISHOK SABZAVOT O‘SIMLIGIDA SELEKSIYA ISHI NATIJALARI
Aliyev Baxodir Xasanovich
Maqolada analitik seleksiya usulidan foydalanib artishokning yangi “Janub go‘zali” navini yaratish jarayoni, yaratilgan yangi navning kelib chiqishi, agrotexnikasi, afzalliklari, yangiligi, farqliligi, turdoshligi va barqarorliligi haqida ma’lumotlar berilgan.
-
PIYOZNI YETISHTIRISH VA SAQLASH DAVRIDA TA’SIR ETUVCHI BIOTIK OMILLAR TURLARINI TADQIQ QILISH
Yusupov Risnazar Orazbaevich, Tursinbaeva Farida Sultanyusup qizi
Maqolada piyoz mahsulotini etishtirish va saqlash davrida zarar keltiradigan zararkunandalardan tamaki tripsi, piyoz pashshasi, piyoz ildiz kanasi va piyoz poya nematodasining morfologik belgilari, bioekologik rivojlanishi va kasalliklardan fuzarioz chirishi, soxta …
-
SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLARINING KIMYOVIY VA AGROKIMYOVIY XOSSALARI
UMIROVA UMIDA KUSHAK QIZI, QODIROVA DILRABO ABDUKARIMOVNA
Maqolada Xovos tumani “E.Qahhorov” massivida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning kimyoviy hamda agrokimyoviy xossalari o‘rganilgan. Natijalar gumus va oziqa elementlari miqdorining profil bo‘ylab chuqurlashgan sari kamayishini, tuproqlarning gipslashuv va sho‘rlanish jarayonlariga …
-
QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONLARI TUPROQ MA’LUMOTLARINI RAQAMLASHTIRISHNING YER RESURSLARINI BOSHQARISHDAGI ROLI
Dexqonov Jamoliddin Begijonovich, Ruziyev Abror Meylikulovich, Nortosheva Munisa Elbek qizi
Maqolada qishloq xoʻjaligi yer maydonlari tuproq maʼlumotlarini raqamlashtirishning yer resurslarini samarali boshqarishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tuproqning agrokimyoviy, fizik va morfologik xususiyatlarini zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS), masofadan zondlash …
-
G‘o‘zaning navlararo murakkab duragaylaridan olingan oila va tizmalarida qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi korrelyativ bog‘liqliklar.
Mavlonova Nasiba Umarovna, Madartov Baxrom Kuvandikovich
Mazkur maqolada g‘o‘za genotiplarida tola sifati ko‘rsatkichlari — tola uzunligi (UHML), tola mustahkamligi (Str), tola uzayuvchanligi (Elong) va mikroneyr (Mic) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Pirson korrelyatsiya tahlili asosida baholandi. Tadqiqot natijalariga …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA YETISHTIRISHGA MOSLASHGAN BODRING DURAGAYLARINI YARATISHDA GENOMIK SELEKSIYA (GENOMIC SELECTION, GS)NING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI
Esonov Sadriddin Olimovich, Kamilov Murodjon Muqumjonovich, Abdullayev Ismoiljon Ibraximjonovich, Rahmonov Shuxratbek Husanboyevich
Maqolada issiqxona sharoitida yetishtirishga moslashgan bodring (Cucumis sativus L.) F1 duragaylarini yaratishda genomik seleksiya (GS) texnologiyasining ilmiy-metodik asoslari, afzalliklari va amaliy tatbiq imkoniyatlari tahlil qilingan. An’anaviy fenotipik saralash hamda markerga …
-
BIOLABORATORIYALARDA ENCARSIA PARTENOPEA YETISHTIRISH VA UNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI TA’SIRI
Xolliyev Asamiddin Turaevich, Elmurodov Maqsudjon Ziyodullo o‘g‘li
Ushbu maqolada Aleyrodidae (oq qanotlilar) oilasiga mansub zararkunandalarga qarshi biologik kurashda Encarsia partenopea (Hymenoptera) entomofagidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi biolaboratoriya sharoitida ushbu parazitoidni ko‘paytirishning samarali usullarini ishlab …
-
TURLI EKISH SXEMASINING SAVOY KARAMI O‘SIMLIGIDAGI BARGLAR SONIGA TA’SIRI
Turayev Sirojiddin Axmatovich
Mazkur tadqiqotda turli ekish sxemalarining savoy karami o‘simligidagi barglar soniga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ekish zichligining ta’siri baholandi hamda barglar sonidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Natijalar ekish …
-
MAHALLIY SHAROITDA KARTOSHKA NAVLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISHI VA AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Nizomov Rustam Axrolovich, Rahmatullayev Jasur Negmatullayevich
Mazkur maqolada turli kartoshka navlarining fenologik rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida nihollarning unib chiqishi, shonalash va gullash fazalarining boshlanishi hamda davomiyligi bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Shuningdek, navlarning poyalar soni …
-
TURLI SUBSTRAT ARALASHMALARINING SHOLI BARG SATHI KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Xalbayev Akbar Namazovich
Ushbu tadqiqotning maqsadi turli substrat aralashmalarining Iskandar va Sadaf sholi navlari ko'chatlarida barg sathi ko'rsatkichlariga ta'sirini baholashdan iborat. Tadqiqot 2022–2024-yillarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borildi. Tajribada 100% tuproq (nazorat), 50% …
-
DARAXTLARNING STRESS HOLATINI BAHOLASHNING SUN’IY INTELLEKT MODELI
Samiyev Luqmon Naimovich, Sobirov Ulmas Alikulovich
Respublikamizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili millionlab daraxt …
-
MAQBUL CHILPISH MUDDATI MO‘L HOSIL GAROVI
Yusupov Hasan Rustamovich, Raximov Shuxrat Shoxzam o‘g‘li
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida ekilayotgan “Sulton”, “C-8294” g‘o‘za navlarning hosildorligi, o‘sish rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, hosil elementlarining shakillanishi kabi ko‘rsatkichlariga ekish tizimi hamda chilpish muddatlarining ta’siri o‘rganiladi.
-
INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich, Madiyev Abduqodir Jumanazarovich, Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li
Mazkur tadqiqotda ilk bor Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi intensiv pista bog‘lari sharoitida gall hosil qiluvchi Forda formicaria va Forda hirsuta shiralariga qarshi oltinko‘z (Chrysoperla carnea Stephens) entomofagining turli entomofag-shira nisbatlaridagi …
-
QATTIQ BUG‘DOYNING F₆ DURAGAY TIZMALARINI QIMMATLI XO‘JALIK BELGILAR BO‘YICHA BAHOLASH VA ISTIQBOLLI SELEKSION MANBALARNI TANLASH
Xazratkulova Shaxnoza Usmonovna, Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, Abdurahimov Saidakmal Abdumuradovich
Mazkur tadqiqotda qattiq bug‘doyning F₆ avlodidagi duragay tizmalarining o‘suv davri, fenologik rivojlanish xususiyatlari, morfologik va biometrik belgilari, hosildorligi hamda don sifati ko‘rsatkichlari kompleks baholandi. Tajribalarda duragaylarning unib chiqish, tuplash, boshoqlash …
-
KUZGI BUG‘DOYNING DUNYo GENOFONDI NAV VA NAMUNALARINI BIOLOGIK XO‘JALIK BELGILARI
Egamov Ilhomjon Urayimjonovich, Siddiqov Alisher Ravshanbekovich
Dunyoda global iqlim o‘zgarishi jaryoni hamda dunyo aholisining soni yildan yilga ortib borishi bilan dunyo axolisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabi xam ortib bormokda. Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doyning 135 ta dunyo …
-
BT VA GT GENLARIGA EGA ISTIQBOLLI G‘O‘ZA TIZMALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI HAMDA O‘SISH DINAMIKASINING QIYOSIY TAHLILI
Bolqiyev Zohid Toshtemirovich
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos, tezpishar, yuqori hosildor, tola sifati yuqori hamda Bt va Gt genlariga ega g‘o‘za navlarini yaratishga qaratilgan amaliy loyiha doirasida o‘rganilgan 1367 ta duragayning …
-
STIMULYATORLARNING INGICHKA TOLALI SP-1607 G‘O‘ZA NAVI BARG YUZASIGA TA’SIRI.
Qulmurotov Baxtiyor Eshmo‘minovich
G‘o‘za bargining shakllanishi va yuzasi tahlil qilinganda rivojlanish davrlari davomida barg soni, massasi, yuzasi va bitta barg vazni ortib borishi hamda o‘sishni sozlovchi moddalarni qo‘llash ushbu ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir etishi …