Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
KUZGI BUG‘DOYDA ZARARLI XASVA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) GA QARSHI KURASH VOSITALARI SAMARADORLIGI
Ergashev Shavkat, Bababekov Qalandar, Suyunov Matlabjon, Bashirov Utkir
Ushbu maqolada kuzgi bugʻdoyning so‘ruvchi zararkunandasi zararli xasva uning ko‘payishi, rivojlanishi, tarqalishi, tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabi, kuzgi bug‘doyga zarar keltirish muddati, qishlash shakli va joyi, zararkunandaga qarshi o‘tkaziladigan kurash …
-
ПЕРСПЕКТИВЫ ПРИМЕНЕНИЯ БИОПРЕПАРАТА «БАКТОФОРТ» Ж. В СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ПРАКТИКЕ
Тилляходжаева Нигора, Усмонкулова Азиза, Қурбонова Нафосат, Мирзаакбарова Ёркиной, Собирова Муниса
Maqolada Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan 2024-yilda oʻtkazilgan gʻoʻzaning fusarioz so‘lish (vilt) kasalligiga qarshi O‘zbekistonning BIONA GROUP MChJ va Rossiyaning …
-
XORAZM VILOYATI SHAROITIDA G‘O‘ZA MAYDONLARIDA TARQALGAN BEGONA O’TLAR TURLARI VA ULARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kurambayev Oybek, Yusupova Mahliyo
Ushbu ilmiy ishda begona o‘tlarning biologik rivojlanish mexanizmlari va ekologik moslashuv omillari o‘rganildi. Begona o‘tlarning ko‘payish yo‘llari, tashqi morfologik belgilarining agrotsenoz sharoitida namoyon bo‘lishi hamda g’o’za hosildorligiga ta’siri tahlil qilindi. …
-
GALANT SUPER GERBITSIDINING G‘O‘ZADA BIR VA KO‘P YILLIK BOSHOQLI BEGONA O‘TLARGA TA’SIRI
Narmatov Sardor, Turdieva Nilufar
Tadqiqotda g‘o‘za agrotsenozida boshoqli begona o‘tlarni nazorat qilishda Galant Super 108 g/l, em.k. gerbitsidining samaradorligi va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Natijalar gerbitsidning begona o‘tlar zichligini sezilarli kamaytirib, yuqori biologik samaradorlik (86,7-87,2%) …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA O‘SADIGAN IGNABARGLI VIRGIN ARCHASI (JUNIPERUS VIRGINIANA) NING EKOLOGIK OMILLARGA VA ZARARKUNANDALARGA CHIDAMLILIK DARAJASI
Utepbergenov Adilbay, Dauletmuratov Dastan
Mazkur maqolada Juniperus virginiana (Virginiya archasi) turining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi keskin kontinental va sho‘rlangan tuproqli hududlardagi biologik barqarorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda daraxtning abiotik omillarga (yuqori harorat, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish) nisbatan chidamlilik …
-
O‘RINDOSH MAKKAJO‘XORINI HIMOYA QILISHNING GʻO‘ZA UCHUN AHAMIYATI
Xo‘jayev Shomil, Yuldashev Farrux
Mazkur maqolada gʻoʻza–bugʻdoy–oʻrindosh ekinlar tizimida makkajoʻxori va boshqa baland boʻyli oʻrindosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishning gʻoʻza agrotsenozidagi fitosanitar holatga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqotlar davomida makkajoʻxori poya parvonasi (Ostrinia nubilalis Hübner), leukaniya …
-
YERYONG‘OQ EKINIDA UCHRAYDIGAN BIR VA KO‘P YILLIK G‘ALLASIMON BEGONA O‘TLARNING TUR MIQDORLARI VA ZARARLASH DARAJASI
Turdiyeva Nilufar, Isroilov Dostonbek
Ushbu maqolada yeryong‘oq ekinida uchraydigan bir va ko‘p yillik g‘allasimon begona o‘tlarning tur tarkibi, dalalarda tarqalish darajasi hamda ularning ekin hosildorligiga salbiy ta’siri yoritilgan. O‘tkazilgan dala kuzatuvlari asosida begona o‘tlarning …
-
KUZGI BUG‘DOYNING CHANG VA QATTIQ QORAKUYA KASALLIKLARIGA QARSHI “GRANDSIL 6% SUS.K.” PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Karimov Nurbek, Uzaqov Fazlidin
Ushbu tadqiqotda kuzgi bug‘doyda keng tarqalgan chang qorakuya (Ustilago tritici) va qattiq qorakuya (Tilletia spp.) kasalliklariga qarshi “Grandsil 6% sus.k.” fungitsid preparatining biologik samaradorligi ilmiy asosda baholandi. Tajribalar natijasida preparat …
-
POMIDOR VA SHIRIN QALAMPIR KO‘CHATLARIDA UCHRAYDIGAN MIKROORGANIZMLARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Toshtemirov Aminjon, Abdillayev Marat, Murodov Inomjon
Maqolada sabzavot ekinlaridan pomidor va shirin qalampir ko‘chatlarida saqlanadigan mikroorganizmlarning zarari va ularning oldini olish usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalarida keltirilgan ma’lumotlarda pomidor va shirin qalampir ekinlarining har biridan …
-
БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МИНДАЛЯ (AMYGDALUS COMMUNIS L.) И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ ЕГО РАЗМНОЖЕНИЯ В УСЛОВИЯХ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ
Каримова Сардора
Bodom (Amygdalus communis L.) – yuqori darajadagi qurg‘oqchilikka chidamliligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadigan muhim yong‘oq mevali ekin hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida ushbu ekinning sanoat miqyosida yetishtirilish …
-
TARVUZ O‘SIMLIGI AGROBIOTSENOZIDA KASALLIKLARNI QO‘ZG‘ATUVCHI ZAMBURUG‘ TURLARI VA UCHRASH DARAJASI
Mirzaakbarova Yorqinoy
Mazkur maqolada tarvuz (Citrullus lanatus Tunb.) o‘simligi agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar va ularning tarqalish darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “So‘qoq Zuhra Lola” fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan “Xazar” navli …
-
NOK (PYRUS COMMUNIS L.) NAV VA DURAGAYLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISHI
Abdullayeva Xilola, Tashboyev Shuxrat
Maqolada nok nav va duragaylarining O‘zbekiston sharoitidagi fenologik rivojlanishi tadqiq etilgan. Navlarning vegetatsiya davri, gullash va pishish muddatlari qiyosiy tahlil qilingan. Yangi №39-23 duragayining bahorgi ayozlarga chidamliligi va yuqori moslashuvchanlik …
-
OLMANING USTUNSIMON NAVLARINING BARGLARI VA BO‘G‘IM ORALIQLARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Nuriddinov Soxibjon
Maqolada Andijon viloyatining sug‘oriladigan bo‘z tuproqlari sharoitida turli o‘sish kuchiga ega bo‘lgan turli payvandtaglarga ulangan ustunsimon olma navlari ko‘chatlarining barg apparati va bo‘g‘im oraliqlari biometrik ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash natijalari bayon …
-
ENDOFIT ACHITQILAR YORDAMIDA MEVA-SABZAVOTLARNING HOSILINI SAQLASH MUDDATINI UZAYTIRISH ISTIQBOLLARI
Shodiyeva Dildora, Abdulmyanova Liliya
O'zbekistonda meva va sabzavot mahsulotlarini saqlash vaqtida yo'qotish asosan fitopatogen zamburug'lar tufayli 20-30% ni tashkil qiladi. Ushbu tadqiqotda Pichia, Metschnikowia va Hanseniaspora endofit achitqilarining shtammlari in vitro sharoitida Fusarium oxysporum …
-
UZUMNING XO‘RAKI NAVLARI QALAMCHALARINI TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMINI QO‘LLAGAN HOLDA YETISHTIRISHNI AHAMIYATI
Axmedov Shuxrat, Qosimov Axmadjon, Ganiyev Shaxzod, Raxmatxodjayev Sherzod
Mazkur maqolada xo‘raki uzum navlari (Kelin barmoq, Oq Husayni va Rizamat) qalamchalarini ko‘paytirishda tomchilatib sug‘orish tizimining an’anaviy egatlab sug‘orishga nisbatan afzalliklari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish tuproqning …
-
SHAFTOLI (PRUNUS PERSICA L.) YETISHTIRISHDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARIGA TA’SIRI
Yuldasheva Guzal
Mazkur maqolada shaftoli bog`larida agrotexnik tadbirlarni fenologik fazalar kesimida tizimli ravishda o`tkazishning daraxtlar rivojlanishi, biologik samaradorligi hamda chidamlilik xususiyatlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan navlarning ozuqa tartibi, …
-
KARTOSHKA EKILGANDA BARGLANISHIGA MINERAL O‘G‘IT, GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNING TA’SIRI
Turdiyeva Nilufar, Qalandarova Maftuna, Murtazaev Qobil, Yo‘ldoshev Abdulaziz
Ushbu maqolada mineral o‘g‘itlar (N200P170K100) bilan ishlov berilgan kartoshka ekini ekilgandan so‘ng begona o‘tlarga qarshi ekish bilan bir vaqtda va o‘suv davrida qo‘llanilgan gerbitsidlar salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida biostimulyatorlarningni qo‘llab, …
-
LOVIYA (PHASEOLUS VULGARIS) ORASIDA UCHRAYDIGAN BIR YILLIK IKKI PALLALI BEGONA O‘TLAR TASNIFI
Turdiyeva Nilufar, Raimiova Feruza, Qalandarova Maftuna, Murtazaev Qobil, Yo‘ldoshev Abdulaziz
Tadqiqotda begona o‘tlarning agroekologik sharoitga moslashuvi, gullash va urug‘lanish davri, shuningdek, ularning loviya ekinlari bilan raqobati tahlil qilingan. Olingan ma’lumotlar begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va hosildorlikni oshirishda …
-
TAKRORIY MUDDATDA SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FENOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA SUG‘ORISH TARTIBOTI VA O‘G‘ITLASH ME’YORINING TA’SIRI
Rasulov Faxriddin
Ushbu maqolada takroriy muddatda shirin qalampir yetishtirishda fenologik ko‘rsatkichlariga sug‘orish tartibotini va o‘g‘itlash me’yorini mahalliy Dar Tashkenta va Zarya Vostoka navlari misolida ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirlgan.
-
TAKRORIY MUDDATDA SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA MEVALAR VAZNI VA SONIGA SUG‘ORISH TARTIBI VA O‘G‘ITLASH ME’YORINING TA’SIRI
Rasulov Faxriddin
Ushbu maqolada takroriy muddatda shirin qalampir yetishtirishda meva vazni va soniga sug‘orish tartibotini va o‘g‘itlash me’yorini mahalliy “Dar Tashkenta” va ‘Zarya Vostoka” navlari misolida ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirlgan.