Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
MAKKAJO'XORI KO'CHATLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN BIO-ZEOL BIOMINERAL O'G'ITIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Djumaniyazova Gulnara, Kurbonov Abdunosir
Maqolada mualliflar tomonidan yaratilgan yangi BIO-ZEOL biomineral o'g'itining makkajo'xori ko'chatlarining o'sishi va rivojlanishining biometrik ko'rsatkichlariga ta'siri bo'yicha tadqiqot ma'lumotlari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, eng yaxshi tajriba varianti tuproqqa BIO-ZEOL biomineral …
-
ISHQORIY MUHITDAGI ELEKTROKIMYOVIY FAOLLASHTIRILGAN SUV ASOSIDA KO‘PAYTIRILGAN TRIXOGRAMMANING DALA SHAROITIDAGI BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Abdullayev Murodjon, Yusupova Maxpuza, Xayitov Bahodir, Burxonova Aziza
Maqolada biolaboratoriya sharoitida arpa donida don kuyasi (sitotroga cerealella oliv) ko‘paytirishda zararlash uchun olingan donga elektrokimyoviy faollashgan (pH=10,5-11) suv purkab don namligini me’yorida saqlash asosida olingan don kuyasi tuxumlarida ko‘paytirilgan …
-
BIOLABORATORIYA SHAROITIDA DON KUYASI (SITOTROGA CEREALELLA OLIV) TUXUMINI KO‘PAYTIRISHDA ELEKTROKIMYOVIY FAOLLASHTIRILGAN SUVDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI FIZIK-KIMYOVIY OMILLARI
Abdullayev Murodjon, Yusupova Maxpuza, Xayitov Bahodir, Burxonova Aziza
Maqolada elektrokimyoviy faollashtirilgan suvning ishqoriy muhitli (pH=9,5-10,5) qismidan don namligini me’yorlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar natijalari va yangi usulning samaradorlik ko‘rsatkichlariga sabab bo‘lgan fizik-kimyoviy omillar keltirilgan.
-
NAMANGAN VILOYATINING INTENSIV OLMA BOG‘LARIDA QIZIL QON BITI (ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM.)GA QARSHI YANGI AVLOD INSEKTOAKARASIDLARINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Yoʻldashev Shavkatjon, Davlatov Ilhomjon
Ushbu maqolada Namangan viloyatining Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi intensiv olma bog‘larida xavfli zararkunanda — qizil qon bitiga qarshi zamonaviy insektoakarasidlarning biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tajribalar …
-
QIZIL QON BITINING NAMANGAN VILOYATIDAGI YOZGI VA KUZGI MIGRATSIYALARI
Mamatov Maxmudjon, Yoʻldashev Shavkatjon, Davlatov Ilhomjon
Maqolada Namangan viloyatining turli tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarida, xususan Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida joylashgan olma bog‘larining eng xavfli va iqtisodiy zarar keltiruvchi kushandalaridan biri hisoblangan qizil qon bitining mavsumiy …
-
FUNGITSIDLARNI QRIM QARAG‘AYINING URUG‘, MAYSA CHIRISHI, NIHOLLARNI YOTIB QOLISHI VA NOBUD BO‘LISHI KASALLIGI (DAMPING-OFF) QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xakimov Albert, Zuparov Mirakbar, Mamiev Muhiddin, Jumanazarov G‘ayrat, Gulmurodova Shaxnoza
Qrim qarag‘ayi muhim ahamiyatga ega manazarali daraxtlardan bo‘lib, ko‘chatxonalarda uning urug‘i va nihollari turli fitopatogen zamburug‘lar ta’sirida kasallanadi. Ayniqsa, damping-off (urug‘ va maysa chirishi, nihollarning yotib qolishi va nobud bo‘lishi) …
-
O‘RIK NAVLARINI SUN’IY CHATISHTIRISH ORQALI YANGI DURAGAYLAR OLISH
Ro‘zimurodov Musurmon, Xamidov Akbar
Ushbu maqolada Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi seleksiya bo‘limida 2025-yilda o‘rik navlarini navlararo sun’iy chatishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar yoritilgan. Tadqiqotda “Yubeliyniy Navoiy” va “Shalaq” navlari onalik, mahalliy “Subxoniy” navi esa otalik …
-
OLMANING PAKANA VA YARIM M9 VA MM106 PAYVANDTAGLARI QALAMCHALARINI TURLI SUBSTRATLARDA ILDIZ OTTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Amonov Shohboz, Qurbonov Fazliddin
Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda meva va uzum agrotexnikasi bo‘limi tomonidan urug‘ va danak mevalilar uchun pakana (M9) va yarim pakana (MM106) olma payvandtaglarini ko‘paytirish maqsadida qalamchalarni turli substratlarda ildiz ottirish …
-
ПРОДУКТИВНОСТЬ СЕМЯН ЭКОЛОГО- ГЕОГРАФИЧЕСКИ ОТДАЛЕННЫХ ГИБРИДОВ ЛЮЦЕРНЫ
Амантурдиев Шавкат, Худойбердиев Нурали, Амантурдиев Ботир, Сабиров Алишер, Шарипбаева Гулхаё, Умарова Манзура
Ushbu maqolada 2024 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida barpo etilgan uzoq ekologo-geografik duragaylarining 2025 yilda olingan o‘simliklari bo‘yi va urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha …
-
KUZGI ARPANING “BOLG’ALI” VA “IXTIYOR” NAVLARINING RIVOJLANISH DAVRLARINING DAVOMIYLIGI
Janazaqova Dilbarxon
Maqolada kuzgi arpaning navlarini oʻsuv davrining davomiyligiga sugʻorish tartiblarini hamda mineral oʻgʻitlarning me'yorlarini ta’sirini oʻrganish boʻyicha dala tajribalarining natijalari koʻrsatilgan.
-
LABORATORIYA SHAROITIDA JAVDAR URUG‘LARINING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH
Xasanov Bobur, Mo‘minov Fayruz, Xalilova Sabina
Ushbu maqolada javdarning «Shalola» navi urug‘larini 1,8; 2,0; 2,2 va 2,5 mm o‘lchamdagi elaklarda saralab, ularning 1000 dona don massasi, unib chiqish energiyasi, unuvchanligi, kaleoptile uzunligi, ildizlar soni va uzunligi …
-
QO‘SHTEPA TUMANIDA GIDROGRAFIK OBYEKTLARNI YO‘QLAMADAN O‘TKAZISH VA XARITASINI TUZISH ISHLARI
Ruzmetov Maksud, Xojimurodov Nuriddin
Ushbu maqolada gidrografik obyektlarni yo‘qlama (inventarizatsiya)dan o‘tkazish, ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida geoma’lumotlar bazasini shakillantirish hamda elektron raqamli xaritalarini yaratish va suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish bo‘yicha tajribalar to‘g‘risida o‘rganishlar bayon etilgan.
-
KUZGI TRITIKАLE NАVLАRINI YАSHOVCHАNLIGIGА EKISH MUDDАTLАRI VА ME’YORLАRINING TА’SIRI
Ismoilov Voxid, Tursunov Shermuxammad, Xudoyqulov Sarvar
Maqolada kuzgi tritikaleni Davlat reyestriga kiritilgan Normаn hamda Fаrxod navlari unib chiqishi, hosil yig’ishtirishgacha yashovchanligiga ekish muddatlari va me’yorlarini ta’siri natijasida olingan ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasida har ikkala navni …
-
BUXORO VILOYATIDA РOMIDOR YETISHTIRISHDA UCHRAYDIGAN SO‘RUVCHI ZARARKUNANDA – O‘RGIMCHAKKANAGA QARSHI ABAMEKTIN РREРARATINING SAMARADORLIGI
Sharipov San’at, Karimov Botir, Xayrullayev Muhriddin
Ushbu maqolada insoniyatning eng ko‘р iste’mol qiladigan asosiy sabzavoti hisoblangan рomidor (Solanum lycoрersicum) o‘simligida uchraydigan xavfli so‘ruvchi zararkunanda o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) hamda unga qarshi kimyoviy kurash haqida so‘z boradi. …
-
SABZAVOT EKINLARIDA NEMATODALARNING RIVOJLANISHI VA ULARGA QARSHI QO‘LLANILGAN PREPARATLAR SAMARADORLIGI
Mamatov Kamol
Ushbu maqolada sabzavot ekinlarida nematodalarning uchrash darajasi tarqalishi va zararlanadigan o‘simlik turlari bo‘yicha o‘rganilgan kuzatuv va tajriba natijalari keltirilgan. Shu bilan bir qatorda issiqxona sharoitida bodring ekinida nematodalarga qarshi qo‘llanilgan …
-
MONILIOZ ZAMBURUG‘I MITSЕLIYSINING HARORAT VA INKUBATSIYA MUDDATIGA BOG‘LIQ HOLDA O‘SISH DINAMIKASI TAHLILI
Pulatov Azizjon, Umarov Zafar, Qo‘shaqboyev Baxodirjon, Xusanov Ro‘ziboy
Tadqiqotda M. Cydoniae va M. Fructigena fitopatogenlari mitseliysini o‘sishiga turli harorat va inkubatsiya muddatlarini ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, mitseliy o‘sishi 22–24 ℃ harorat va 14 kunlik inkubatsiyada eng yuqori darajada …
-
MAKKAJO‘XORI DALASIDAGI BEGONA O‘TLARGA GERBITSIDLAR QO‘LLASHNI HOSILDORLIKKA TAʼSIRI
Tursunov Sotvoldi
Maqolada makkajo‘xori dalasida uchraydigan turli xil begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan stomp gerbitsidining turli meʼyorlarining taʼsiri o‘rganilgan va tajriba natijalari keltirilgan.
-
TURLI BALANDLIK VA QIYALIKLARDA YETISHTIRILGAN MЕVALARNING MORFOLOGIK KO‘RSATKICHLARI
Pulatov Azizjon, Suyunova Gulnora
Mazkur maqolada dengiz sathidan 1050 metr va 1250 metr balandlik sharoitida yetishtirilgan olma, nok olxo‘ri va bodom navlarining morfologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tahlilar o‘tkazilgan. Tadqiqotlar natijasida meva og‘irligi, uzunligi va …
-
OLXO‘RI NAVLARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI
Tursunov Quvonchbek
Ushbu maqolada olxo‘rining Berton,Superior, Stenli va Leto navlarining asosiy biometrik ko‘rsatkichlari-daraxtning vegetativ rivojlanishi, generativ organlari, meva morfologik belgilari va hosildorlik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari naviga xos fenologik farqlar va ularning …
-
BELORUS SELEKSIYASIGA MANSUB KARTOSHKA NAV NAMUNALARINI TURLI SXEMALARDA EKISH VA EKOLOGIK SINOV NATIJALARI
Esonov Sadriddin, Kamilov Murodjon, Abdullaev Ismoiljon
Belorus seleksiyasiga mansub kartoshkaning “Palas”, “Lileya”, “Yuliya”, “Mastak” navlarini turli sxemalarda ekib yetishtirishning hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijasida barcha navlarda 70x25 sxemada ekilganda yuqori hosildorlik qayd etilgani aniqlandi. Navlar bo‘yicha …