Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
DORIVOR O‘SIMLIKLARINING AHAMIYATI VA ASOSIY ZARARKUNANDALARI
Ro‘ziqulov Davlatbek, Tufliyev Nodirbek, Imomova Muqaddas, Jalgasov Baxram
Mazkur maqolada dorivor o‘simliklarning asosiy zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar, uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirtkalar va simqurtlar kabi zararkunadalar uchrashi, tur tarkibi aniqlanganligi hamda dorivor o‘simliklarning geografik tarqalishi, hamda ahamiyati haqida ma’lumotlar …
-
MAGNOLIYA (MAGNOLIA) TURKUMIGA MANSUB MANZARALI DARAXT VA BUTALARNI KASALLIK QO‘ZG‘ATUVCHILARINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Musayev Akmaljon, Raxmonov Jalil
Maqolada Magnoliya (Magnolia) turkumiga mansub daraxt va butalarda uchrovchi mikromitsetlar o‘rganilib, kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen zamburug‘larni biologik xususiyati, kasallik belgilari hamda ularning xo‘jayin o‘simliklari va tarqalishi haqida bayon etilgan.
-
KIZIL (CORNUS MAS L.) GA SHAKL BERISH VA BUTASHNING O‘SIMLIK HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Reypnazarova Gulperiyzat, Obidjanov Dilshod
Ushbu maqolada kizil (C.mas) o‘simligi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan jumladan kizil o‘simligining butasimon daraxtligi va betartib o‘sishi ularning oldini olish uchun va hosildorligini yanada kuchaytirish uchun ularga shakl berish va …
-
G‘O‘ZANING YANGI TIZMA VA NAVLARINI VILT KASALLIGIGA BARDOSHLIGI
Marupov Abbosxon, Turamuratova Gulshoda, Maxmudov Murodjon, Boboyev Yashin
Seleksioner olimlar keyingi ishlarpda vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi uchta zamburug‘lariga bardoshli navlarni yaratishda F9 S -8292 x Guliston tizmasidan foydalanishlarini tavsiya qilamiz.
-
G‘O‘ZADA FIZIOLOGIK JARAYONLAR REGULYATSIYASI VA DEFOLIATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH
Musayeva Gulbaxor, Abduraxmonov Diyorjon, Isroilov Dostonbek
Ushbu maqolada g‘o‘zada fiziologik jarayonlar regulyatsiyasi va defoliatsiyani optimallashtirish masalalari o‘rganildi. Dala tajribalari asosida defoliatsiya jarayonining o‘simlikning fiziologik holati va ko‘saklarning ochilishiga ta’siri tahlil qilindi. Defoliatsiyani optimal muddat va me’yorlarda …
-
BUG‘DOYDA BRONATE ULTRA 70% EC (“SIFAT AGRO-VET HIMOYA” XK, O‘ZBEKISTON) GERBITSIDINI BIR YILLIK IKKI PALLALI BEGONA O‘TLARGA QARSHI SAMARADORLIGINI ANIQLASH
Jamolov Axadjon, Imomaliyev Erali, To‘ychiyev Xojimurod, Raxmonov Jalil
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doy ekinlarida bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi Bronate Ultra 70% em.k. gerbitsidining biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyati sharoitida dala tajribalari asosida olib borildi. Preparatning …
-
BUG‘DOY KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING SAMARADORLIGI
Akbarov Raxmonjon, Raximov Ixtiyorjon
Ushbu maqolada bug‘doy yеtishtirishda hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kasalliklar, xususan, zang, un-shudring, septarioz kasalliklarining bioekologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kasalliklarning tarqalish dinamikasi va ularning don sifatiga ta’siri ko‘rib …
-
BUG‘DOY DONIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LAR VA ULARNING URUG‘ UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Xaytbayeva Nodira, Alamuratov Rayimjon, Rasulova Madina
Maqolada bug‘doy donida uchraydigan mikroorganizmlar va ularning don unuvchanligi va ko‘chat qalinligiga ta’siri o‘rganilgan. Urug‘ yuzasida uchraydigan tuproq zamburug‘lariga: Bipolaris, Alternaria, Fusarium, Tilletia (Tilletia lives va Tilletia caries), Ustilago, Uromyces …
-
KUZGI BUG‘DOYDA BIR YILLIK BOSHOQLI BEGONA O‘TLARGA QARSHI YANGI STARWIN SUPER 30%, EM.K. PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Djumaniyazov Mardon, Jumamuratov Ulug‘bek
Qishloq xo‘jaligida g‘alla maydonlardagi bir yillik boshoqli begona o‘tlarga yangi turdagi gerbitsidlarni sinovdan o‘tkazish va biologik samaradorligini aniqlash.
-
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. …
-
NO‘XAT (CICER ARIETINUM L.) NAVLARIDA GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNI KETMAKET QO‘LLASHNING VEGETATSIYA DAVRI VA HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Yo‘ldoshev Abdulaziz, Turdiyeva Nilufar
Ushbu maqolada no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarida gerbitsidlar (pendimetalin, prometrin va imazapyr asosidagi preparatlar) hamda “Ekobiosfera Organik plyus” biostimulyatorini ketma-ket qo‘llashning vegetatsiya davri davomiyligi va hosil elementlariga ta’siri o‘rganildi. 2022–2024-yillarda …
-
MOSH VA LOVIYA YETISHTIRISHDA BEGONA O‘TLARGA QARSHI GERBITSIDLAR QO‘LLASHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI
Sattorov Shoximardon, Kimsanboyev Xujamurat, Usmonov Muhiddin, Abdillayev Marat
Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproq sharoitida mosh va loviya ekinlarini yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbitsidlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’siri kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida gerbitsidlar qo‘llanilishi natijasida …
-
OROL DENGIZINING QURIGAN TUBIDA MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TUPROQ TEKSTURASI, SHO‘RLANISHI VA VEGETATSIYA HOLATINI BAHOLASH
Xasanov Jamshid, Nurjanov Allabergen, Boymurodov Rifat, Shamuratova Nagima, Zinatdinov Nuratdin
Ushbu tadqiqotda masofadan zondlash va GIS texnologiyalari yordamida tadqiqot hududining tuproq teksturasi, sho‘rlanish darajasi va vegetatsiya holati baholandi. Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, SoilGrids va HWSD ma’lumotlaridan foydalanildi. USDA klassifikatsiyasi asosida …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASHNING ISTIQBOLLARI
Toreniyazov Elmurat, Rozımova Amangul, Amaniyazov Islambek
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida qishloq xo‘jaligi ekinlarida tarqalgan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida entomoakarifaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari …
-
SURINAM UNXO‘RINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Avazov Sanjar
Ushbu maqolada surinam unxo‘ri (Oryzaephilus surinamensis L.) ning bioekologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlari keltirilgan bo‘lib surinam unxo‘ri tuxumi havo harorati 17 °C bo‘lganda 30 kun, 20 °C da 12 kun, 22 °C …
-
MEVALI BOG`LARDA KENG TARQALGAN ICHKI KARANTINDAGI ZARARKUNANDALAR “KOMSTOK QURTI” BIOEKOLOGIYASI VA QARSHI KURASH CHORALARI
Rustamov Atxam, Botirov Saidjahon
Ushbu maqolada mevali bog‘larda keng tarqalgan ichki karantin zararkunandasi – Komstok qurti (Pseudococcus comstocki Kuw.) ning bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, rivojlanish bosqichlari va zarar keltirish darajasi o‘rganilgan. Shuningdek, zararkunandaga qarshi qo‘llanilgan …
-
XURMODA KOMSTOK QURTI (PSEUDOCOCCUS COMSTOCKI)NING FITOSANITAR XAVF TAHLILI
Shaymanov Mashrabjon
Ushbu maqolada komstok qurti tomonidan xurmoning turli navlarida zarar etkazish darajalari va fitosanitar xavf tahlili natijalari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
-
AYRIM XORIJIY G‘O‘ZA NAVLARIDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING RIVOJLANISH HOLATI
Anorbayev Azimjon, Imomaliev Erali, Djumaev Shukur
Maqolada xorijiy g‘o‘za navlarining so‘ruvchi zararkunandalarning uchrash darajasi keltirilgan. Ushbu zararkunandalar asosan shiralar (Aphis gossypii), trips (Thrips tabaci), o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae), beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus) zararkunandalarining monitoringi olib borilgan va …
-
KAVRAK O‘SIMLIGIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR TUR TARKIBI
Tufliyev Nodirbek, Saidganiyeva Shahodatxon, Abduraxmonov O‘tkirbek
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Tog‘aytemir, Darxon, Gumbo‘loq hududlari, 2025-2026 yillarda kavrak o‘simligi entomofaunasining tur tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 4 ta turkumga mansub 21 tur hasharot aniqlangan. Aniqlangan …
-
URUG‘LIK VA QURITILGAN MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN SURINAM UNXO‘RINING ZARARLILIK DARAJASI
Avazov Sanjar, Obidjanov Dilshod
Ushbu maqolada zahiradagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanayotgan quritilgan mevalar (magiz, turshak, olma qoqilari), g‘alla, donlilar, poliz ekini urug‘larda uchraydigan ombor zararkunandalarining tur-tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar davomida respublika boylab zaxira …