Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
BRACON HEBETOR SAY ENTOMOFAGINI OMMAVIY KO‘PAYTIRISHDA MUM KUYASI (GALLERIA MELLONELLA L.) QURTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Sodiqova Nigora, Jumaev Rasul
Maqolada Bracon hebetor Say entomofagini laboratoriya sharoitida ommaviy ko‘paytirish uchun Galleria mellonella qurtlarini yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi va uning biologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotlar laboratoriya sharoitida 28-32°C harorat, 60-75% nisbiy havo …
-
TUT KO‘CHATLARI YETISHTIRISHDA SHIRALARGA QARSHI BRAKON ENTOMOFAGINING SAMARADORLIGI
Nosirova Zarifaxon, Sharofiddinova Shaxnoza
Dorivor moychechak o‘simligining O‘zbekiston hududida uchraydigan zararkunandalaridan shiralarga qarshi brakon entomofagini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalarining tahlili keltirilgan. Entomofag qo‘llanilgandan so‘ng zararkunandaning soni bir tekis kamayib borganligi qayd etilgan …
-
AYRIM XORIJIY G‘O‘ZA NAVLARIDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING RIVOJLANISH HOLATI
Anorbayev Azimjon, Imomaliev Erali, Djumaev Shukur
Maqolada xorijiy g‘o‘za navlarining so‘ruvchi zararkunandalarning uchrash darajasi keltirilgan. Ushbu zararkunandalar asosan shiralar (Aphis gossypii), trips (Thrips tabaci), o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae), beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus) zararkunandalarining monitoringi olib borilgan va …
-
ОПТИМИЗАЦИЯ МЕТОДА КУЛЬТИВИРОВАНИЯ GALLERIA MELLONELLA КАК ТЕСТ-ОБЪЕКТА ДЛЯ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ МИКОПЕСТИЦИДОВ
Балтаев Ботир, Мирзалиева Хукуматхон
Galleria mellonella hasharotini yetishtirish bo'yicha birinchi batafsil tadqiqot 53 yil oldin Marston N va boshqalar tomonidan 1973 (18) nashr etilgan va lichinka hozirda turli sohalarda tadqiqot maqsadlarida model sifatida keng …
-
BAQLAJONNING NAV VA DURAGAYLARINI FUZARIOZ SO‘LISH KASALLIGIGA QARSHI CHIDAMLILIGI BAHOLASH
Utaganov Samad
Maqolada baqlajon nav va duragaylarining fuzarioz vilti qo‘zg‘atuvchisiga chidamliligi baholashga tegishli bo‘lgan tajriba natijalari keltirilgan. Tajribalar sun’iy infeksion fon sharoitida o‘tkazilib, unda 3 ta nav (Karlikovyy ranniy 921, Almaz, Avrora) …
-
DORIVOR O‘SIMLIKLARDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR VA ULAR BILAN KURASHISHNING DOLZARBLIGI
Xakimova Nigora
Maqolada O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirishning hozirgi holati, ularda uchraydigan asosiy kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarining dolzarbligi yoritilgan. Dorivor o‘simliklarda tarqalgan un-shudring, zang, dog‘lanish va ildiz chirish kasalliklarining …
-
PISUM SATIVUM L. MIKROKO‘KATLARINI YETISHTIRISHDA OPTIMAL MUHIT PARAMETRLARINI ANIQLASH
Sayxonov Abdujabbor, Xakimova Gavhar, Jumanazarov G‘ayrat, Tursunaliyeva Mahliyo, Jabbarova Nozima
Mazkur tadqiqotda Pisum sativum L. mikroko‘katlarini yetishtirishda muhit parametrlarining (harorat, yorug‘lik intensivligi va spektri, urug‘ zichligi hamda oziqlanish sharoitlari) o‘sish, rivojlanish va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot laboratoriya va kontrollangan yopiq …
-
REDISKA (RAPHANUS SATIVUS) YETISHTIRISH AGROTEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Adxamov Nodirbek, Abdiev Zafarali
Bahorgi mavsumda isitilmaydigan issiqxonada rediska yetishtirishda nav-duragaylarni sovuqqa chidamliligini oshirib borishni muntazam tekshirib borish nazarda tutilgan. Mavsumdan tashqari vaqtlarda baqlajonni issiqxonalarda yetishtirish agrotexnologiyasi yoritib berilgan.
-
SABZAVOT EKINLARINI YETISHTIRISHDA O‘SISHNI BOSHQARUVCHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Sagdiyev Mirqosim, Alimova Rano
Maqolada o‘sishni boshqaruvchi preparatlardan Rostmoment va Natriy gummat ta’sirida sabzavot ekinlari yetishtirishda qo‘llash samaradorligi o‘rganildi. O‘sishni boshqaruvchi preparatlardan Rostmomentni oqboshkaramga qo‘llash natijasida hosildorlik 81t/ga ortdi. Sabzining “Baraka” navi hosildorligi 73-75 …
-
BATAT EKINI TUGANAKMEVALAR SHAKLLANISHIGA EKISH TIZIMI VA USULLARINING TA’SIRI
Yodgorov Normumin, Qo‘yliyeva Maftuna
Mazkur maqolada batat (Ipomoea batatas) ekinida tuganak mevalar shakllanishiga ekish tizimi va usullarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida turli ekish sxemalari (70×20, 70×25, 70×30, 70×35 hamda 90×15, 90×20, 90×25, 90×30) va …
-
BATAT (SHIRIN KARTOSHKA) KO‘CHATLARINI IN VITRO SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Bogibekova Faraxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar
Shirin kartoshka (Ipomoea batatas (L.) Lam.) oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim oziqaviy ekin bo‘lib, uning ildiz mevalari uglevodlar, vitaminlar (ayniqsa, to‘q sariq navlarida beta-karotin) va tola bilan boy. An’anaviy usulda tok …
-
BEDA KOLLEKSIYA NAMUNALARINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Ushbu maqolada PSUYeAITI “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025-yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi xorijiy hamda mahalliy nav namunalarining birinchi yilgi beda uchinchi o‘rimi o‘simliklari bo‘yi va yashil massa mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA DURAGAYLARINING YASHIL MASSA MAHSULDORLIGI KOʻRSATKICHLARI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Ushbu maqolada 2025 yilda PSUYeAITI markaziy tajriba xoʻjaligida barpo etilgan birinchi yilgi beda duragay koʻchatzoridagi namunalarning oʻsimliklari boʻyi va uch oʻrim boʻyicha yashil massa mahsuldorligi boʻyicha olingan ma'lumotlar keltirilgan. Ikki …
-
INTRODUKSIYA QILINGAN QO‘ZIQORINLARINI MAHALLIY SHAROITDA YETISHTIRISH
Sarsenbaeva Rayxan, Hamrayeva Dilnavoz, Zuparov Mirakbar, Mamiyev Muxiddin
Maqolada introduksiya qilingan qo‘ziqorin turlarini urug‘lik mitseliysini yetishtirish shart-sharoitlari va qo‘ziqorin mevasini yetishtirish uchun ishlatilatigan xom ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
KRIJOVNIK NAVINING YASHIL VA YOGʻOCHLANGAN QALAMCHALAR TAYYORLAB KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISH USULLARINI ANIQLASH
Qosimov Axmadjon, Tursunov Jamshidbek
Mazkur tadqiqotda krijovnik (Invikta navi)ni yashil va yog‘ochlangan qalamchalar orqali ko‘paytirish o‘rganildi. Eng yuqori ko‘karish iyul oyidagi yashil qalamchalarda (88,0%) kuzatildi. Yog‘ochlangan qalamchalarda esa natija pastroq bo‘lib, noyabrda 62,6% ni …
-
TURLI KUZGI EKISH MUDDAT VA ME'YORLARIDA QASHQARBEDA VA BOSHOQLI EKINLARDAN TAYYORLANGAN KOʻK MASSA TARKIBIGI KUL MIQDORINING TAHLILLARI
Beknayev Ulugʻbek, Mamarahimov Bunyod
Ushbu maqolada 2022–2024-yillarda qashqarbeda va boshoqli ekinlar (suli, javdar va tritikale) aralashmalarini turli ekish muddatlari va me’yorlarida yetishtirish natijasida olingan ko‘k massa tarkibidagi azot miqdori laboratoriya sharoitida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga …
-
INDIGOFERA O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI ILMIY TAHLIL QILISH
Islomov Usmonqul, Hoshimova Shaxlo, Nazarova Laziza, Ulug‘bekova Gulchehra
Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Indigofera turkumiga kiruvchi o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ko‘p qirrali ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqotda o‘simlikning to‘qimachilik sanoatida tabiiy bo‘yoq (indigo) olishdagi o‘rni, chorvachilikda yuqori oqsilli …
-
G‘O‘ZADAN ORGANIK PAXTA YETISHTIRISHDA ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISH USULI
Baltayev Botir
Maqolada g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida organik paxta yetishtirish jarayonida zararkunandalar sonini boshqarishning ekologik xavfsiz usullari yoritilgan. Zararkunandalarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik va innovatsion himoya tadbirlarining samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, g‘o‘zaning …
-
XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI
Xasanova Firyuza, Qarabayev Ikromjon, Atabayeva Ma’mura, Saydaliyev Begijon
Maqolada, Xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% va entojan preparati 6 marotaba 10:15:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘chatlarning saqlanishi …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …