Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
YER TOIFASINI OʻZGARTIRISH JARAYONIDA QISHLOQ XOʻJALIGI YERLARINING MIQDORIY VA SIFAT HOLATINI BAHOLASH
Safayev Sanjarbek
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonida ularning miqdoriy va sifatiy holatini baholash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda yer resurslarining qisqarishi, tuproq unumdorligining pasayishi, meliorativ va ekologik …
-
NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA TUPROQ UNUMDORLIGI KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Suyarov Yashin, Sodiqova Gulchexra, Xoldorov Shovkat
Mazkur tadqiqot Namangan viloyati Mingbuloq tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq unumdorligi ko‘rsatkichlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hudud tuproqlari asosan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlardan iborat bo‘lib, ularning mexanik tarkibi qumli …
-
NAVBAHOR TUMANI SUGʻORILADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING OZUQA MODDALARI BILAN TA’MINLANISH DARAJASI
Ruziyev Abror, Ibrohimova Sevinch
Maqolada Navbahor tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni tuproqlarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida hudud tuproqlarining agroximik xususiyatlari, fosfor va kaliy elementlari miqdori, shuningdek, gumus …
-
YER RESURSLARINI BOSHQARISHDA GIS VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kdirbaeva Gulan, Tolibaeva Azada
Mazkur maqolada yer resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalar, xususan geoaxborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash, sun’iy intellekt va raqamli modellashtirish usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalar yer resurslaridan samarali foydalanish, monitoring qilish …
-
YER RESURSLARINI BOSHQARISHDA “AQLLI QISHLOQ XO‘JALIGI” KONSEPSIYASIGA ASOSLANGAN RAQAMLI YER MONITORINGINI JORIY ETISH (AYDAR-ARNASOY) HUDUDI MISOLIDA
Shovqiyev Ahad
Mazkur tadqiqotda Aydar–Arnasoy hududida landshaft o‘zgarishlari masofadan zondlash ma’lumotlari va GIS texnologiyalari asosida tahlil qilindi. Landsat va Sentinel-2 tasvirlari yordamida NDVI va EVI indekslari hisoblanib, vegetatsiya holati hamda tuproq degradatsiyasi …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING 1:25000 MASSHTABLI ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH
Mengliqulov Erkin, Alimaxamatova Shaxnoza, Zaripboyeva Maftuna
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlar uchun 1:25000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tuproq xaritalari, agrokimyoviy ma’lumotlar, yer kadastri materiallari hamda masofadan zondlash …
-
YER TUZISH LOYIHALARIDA YER TOIFASINI O‘ZGARTIRISH JARAYONINING TAHLILI VA SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH MASALALARI
Safayev Sanjarbek, Qadirov Abduhalil
Mazkur maqolada yer tuzish loyihalarini yuritishda yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonining ilmiy va amaliy jihatlari hamda ushbu jarayonda yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yer toifasini …
-
YER FONDI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING QISQARISH TENDENSIYASINI ILMIY TAHLIL QILISH
Safayev Sanjarbek, Qadirov Abduhalil
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi yer fondi tarkibidagi oʻzgarishlar hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning qisqarish tendensiyasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yer fondining toifalar boʻyicha taqsimlanishi, qishloq xoʻjaligi yerlarining miqdoriy …
-
QO‘SHTEPA TUMANIDA GIDROGRAFIK OBYEKTLARNI YO‘QLAMADAN O‘TKAZISH VA XARITASINI TUZISH ISHLARI
Ruzmetov Maksud, Xojimurodov Nuriddin
Ushbu maqolada gidrografik obyektlarni yo‘qlama (inventarizatsiya)dan o‘tkazish, ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida geoma’lumotlar bazasini shakillantirish hamda elektron raqamli xaritalarini yaratish va suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish bo‘yicha tajribalar to‘g‘risida o‘rganishlar bayon etilgan.
-
YER TUZISH LOYIHALARI YURITISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARINI O‘RGANISH
Turayev Ruhiddin, Safayev Sanjarbek
Mazkur maqolada yer tuzish loyihalarini yuritishning ilmiymetodologik asoslarini o‘rganish masalalari yoritilgan. Yer resurslaridan samarali foydalanish, hududiy rejalashtirishni takomillashtirish hamda yer toifalarini o‘zgartirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etishning nazariy va amaliy …
-
YER TUZISH LOYIHALARINI YURITISHNING NAZARIY ASOSLARI
Safayev Sanjarbek
Mazkur ishda yer tuzish loyihalarini yuritishning nazariy asoslari, ularning mazmuni va ahamiyati yoritib berilgan. Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashda nazariy bilimlarning o‘rni, yer tuzish loyihalarining huquqiy, iqtisodiy va …
-
YER TUZISH LOYIHALARINI YURITISHDA BOSHQA YER TOIFALARIGA OʻTKAZILADIGAN YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH
Safayev Sanjarbek
Ushbu ishda yer tuzish loyihalarini yuritishda yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonlari hamda o‘tkaziladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularning maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash, …
-
TUPROQ DEGRADATSIYASI MUAMMOLARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
Xoldorova Rayhona
Ushbu maqolada tuproq degradatsiyasi tushunchasi, uning asosiy shakllari va sabablari keng yoritilgan. Tuproqning fizik, kimyoviy va biologik degradatsiyasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga va ekologik muvozanatga qanday ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilingan. …
-
MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR UCHUN YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
Tashbayeva Hulkaroy, Jabborov Mansurbek
Mazkur maqolada muhofaza etiladigan hududlar uchun yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishning ahamiyati hamda ularning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, yer tuzish jarayonining hududiy chegaralarni aniqlash, funksional zonalashni amalga oshirish, …
-
YER TUZISH LOYIHALARIDA IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA TARMOQLARINI OPTIMAL JOYLASHTIRISH TAMOYILLARI
Urinov Jamol, Ishmurodova Sojida
Mazkur maqolada yer tuzish loyihalarida irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini optimal joylashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari keng yoritilgan. O‘zbekistonning qurg‘oq va yarim qurg‘oq iqlim sharoitida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, …
-
SHOLIPOYALARDA BALIQ YETISHTIRISHNING INNOVATSION AGROTEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH
Otamirzaev Nodirbek, Mansurov Abdullo, Ergashev Muxammadjon
Ushbu maqolada sholi maydonlariga baliq chavoq(200 g)larini tashlash orqali iyun oyida gektariga 80 kg baliq chvoqlari tashlanib 5 oyda qirg‘oq chivini lichinkalari 70-80% ga kamaytirilib, natijada 325 kg baliq hosili …