KARTOSHKA O‘SIMLIGINI KOLORADO QO‘NG‘IZIDAN HIMOYA QILISHDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALI ULTRATOVUSH QURILMASIDAN FOYDALANISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish hamda kartoshka ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Kolorado qo‘ng‘izining morfologik tuzilishi, biologik xususiyatlari va kartoshka o‘simligiga yetkazadigan zarari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur zararkunandaga qarshi ekologik xavfsiz va innovatsion usullardan biri sifatida ultratovush tebranishlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ilmiy manbalar asosida ultratovushning biologik obyektlarga ta’sir mexanizmlari, hasharotlarning fiziologik holati va xattiharakatlariga ko‘rsatadigan ehtimoliy ta’siri hamda laboratoriya sharoitida olingan tajriba natijalari umumlashtirilgan. Ultratovush inson eshitish diapazonidan yuqori bo‘lgan, odatda 20 kHz dan yuqori chastotali tovush to‘lqinlari sifatida tavsiflanadi.
Maqolada ultratovush tebranishlarining Kolorado qo‘ng‘izi tomonidan sezilishi mumkinligi hamda ularning hasharot organizmida turli biologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi ehtimoli asoslab berilgan. Ultratovush to‘lqinlari biologik tizimlarda, xususan, hujayra membranasi, nerv tizimi va ichki organlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu ta’sir natijasida hasharotlarning harakatlanish faolligi, oziqlanishi va o‘simlikka zarar yetkazish xususiyati buzilishi ehtimoli mavjud. Shu jihatdan ultratovush tebranishlaridan foydalanish Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashishda kimyoviy vositalarga nisbatan ekologik xavfsiz, energiya tejamkor va istiqbolli elektrofizik usullardan biri sifatida baholanadi.