About the Journal
«Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini» jurnali.
“Agrokimyo, himoya va o‘simliklar karantini” ilmiy jurnali 2008-yildan buyon muntazam ravishda chop etilib kelinmoqda. Mazkur jurnal qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritishga ixtisoslashgan bo‘lib, unda agrokimyo, o‘simliklarni himoya qilish va karantin yo‘nalishlarida olib borilayotgan fundamental hamda amaliy tadqiqotlar natijalari e’lon qilinadi.
Jurnal sahifalarida ilmiy izlanishlar, tajriba-sinov ishlari, innovatsion texnologiyalar, yangi usul va yondashuvlar, shuningdek, ilmiy asoslangan tavsiyalar keng yoritiladi. Unda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari, ilmiy yangiliklar va ularning amaliyotga joriy etilishi aks ettiriladi.
Shuningdek, jurnal qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirish, ekinlar hosildorligini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini yaxshilash, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashishning zamonaviy usullariga oid ilmiy asoslangan ishlanmalarni chop etishga xizmat qiladi. Jurnal ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda soha rivojiga hissa qo‘shuvchi ilmiy platforma vazifasini bajaradi.
Saytimizning «Arxiv» oynasidan jurnallarni elektron shaklda «.pdf» ko‘chirib olishingiz mumkin.
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” jurnali esa 3 oyda 2 marta chop etib boriladi.
Jurnal O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 2017-yil 26-mayda 0560-raqam bilan ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 30-martdagi №239/5-sonli qarori bilan qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.