MINGBULOQ TUMANI XORAZM MASSIVI HUDUDI SUG’ORILADIGAN QISHLOQ XO’JALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING SHO’RLANISH DARAJASI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Tadqiqotda Mingbuloq tumani Xorazm massivi hududidagi sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yer maydonlarida tuproq sho’rlanish darajasi va uning shakllanish omillari kompleks baholandi. Tadqiqot natijalari hududda sho’rlanishning sezilarli darajada tarqalganligini ko’rsatdi: umumiy 3182,54 gektar maydonning 55,68 % qismi o’rtacha darajada, 32,19 % qismi kam darajada hamda 5,19 % va 2,06 % qismi mos ravishda kuchli va juda kuchli darajada sho’rlangan. Sho’rlanish jarayoniga esa asosan gurunt suvlari sathining 1,5-2,0 m chuqurlikda joylashganligi, drenaj tizimlarining past samaradorligi hamda yuqori bug’lanish sharoitlari aniqlangan. Tadqiqot sho’rlanishning suv rejimi va meliorativ infratuzilma bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatdi. Olingan natijalar asosida sho’rlanishni boshqarish bo’yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etildi.