BUXORO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARDA SIDERAT EKINLARDAN FOYDALANISHNING AGROEKOLOGIK VA BIOLOGIK MELIORATIV SAMARADORLIGI: NAZARIY ASOSLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Zamira Atayeva
Gulxayo Rajabova
Madinabonu Muhammadova

Annotatsiya

Maqolada Buxoro viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida siderat ekinlardan foydalanishning tuproq unumdorligini biologik usulda tiklash hamda meliorativ holatini yaxshilashdagi agroekologik samaradorligi bo‘yicha zamonaviy ilmiy qarashlar tizimli tahlil qilingan. Sug‘oriladigan agroekotizimlarda degradatsiya jarayonlarining kuchayishi, gumus balansining salbiylashuvi, biologik faollikning susayishi va ikkilamchi sho‘rlanishning ortib borishi sharoitida biologik melioratsiya texnologiyalarining ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Mahalliy va xorijiy tadqiqotlar natijalari asosida siderat ekinlarning tuproqning agrofizik, agrokimyoviy, mikrobiologik va ekologik ko‘rsatkichlariga ta’siri kompleks baholangan. Siderat ekinlarning biologik azot fiksatsiyasi hisobiga oziqa elementlari balansini yaxshilashi, organik modda va gumus miqdorini oshirishi, tuproq agregatini barqarorlashtirishi hamda suv-havo rejimini optimallashtirishi ilmiy jihatdan umumlashtirilgan. Shuningdek, siderat ekinlarning ildiz tizimi tuproqning zich qatlamlarini yumshatishi, tuproqning suv o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini yaxshilashi va sho‘r qatlamlarning yuvilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Tahlillar natijasida arid hududlar, jumladan Buxoro viloyati sharoitida siderat ekinlardan foydalanish ekologik barqaror, resurs tejamkor va biologik yo‘naltirilgan dehqonchilik tizimini shakllantirishning muhim omillaridan biri ekanligi asoslandi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Zamira Atayeva, Buxoro davlat universiteti

tayanch doktorant 

Gulxayo Rajabova, Buxoro davlat universiteti

o‘qituvchi

Madinabonu Muhammadova, Buxoro davlat universiteti

magistr