KEYL KARAMINI O‘SIB RIVOJLANIShI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISh MUDDATLARINI TA’SIRI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida keyl karami (Brassica oleracea var. sabellica)ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2025 yillarda Toshkent viloyati sharoitida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonida olib borildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida keyl karamining «Juravushka» va «Oliver» navlari tanlandi.
Aniqlanishicha, ekish muddatlari o‘simliklarning fenologik rivojlanishiga, morfologik ko‘rsatkichlariga (poya balandligi, barglar soni, barg massasi) hamda hosildorlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Eng yuqori o‘sish va hosildorlik ko‘rsatkichlari mart oyining ikkinchi o‘n kunligida (10 mart) ekishda kuzatildi. Olingan natijalar Toshkent viloyati sharoitida keyl karamini еtishtirishning maqbul ekish muddatlarini belgilashda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.