ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZINING RIVOJLANISHIGA MIKROIQLIM OMILLARINING TA’SIRI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Diyora Normatova

Annotatsiya

Ushbu tezisda issiqxona sharoitida bodring antraknozining rivojlanishiga mikroiqlim omillarining ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda yuqori namlik, kondensat hosil bo‘lishi, havo almashinuvining yetarli emasligi va o‘simlik qoldiqlarida infeksiya manbalarining saqlanishi kasallik rivojlanishida muhim omillar ekani asoslandi. Biologik preparatlar qo‘llanganda antraknoz bilan zararlanish darajasi nazoratdagi 19,5 % dan Fitosporin M variantida 3,8 % gacha, Fitosporin M + Alirin B variantida esa 0,0 % gacha kamaygani ko‘rsatildi. Natijalar bodring antraknoziga qarshi kurashda mikroiqlimni boshqarish va biologik himoya choralarini uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Muallif haqida

Diyora Normatova, Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xo’jaligi fitopatologiyasi kafedrasi magistranti