BAQLAJONNING NAV VA DURAGAYLARINI FUZARIOZ SO‘LISH KASALLIGIGA QARSHI CHIDAMLILIGI BAHOLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Samad Utaganov

Annotatsiya

Maqolada baqlajon nav va duragaylarining fuzarioz vilti qo‘zg‘atuvchisiga chidamliligi baholashga tegishli bo‘lgan tajriba natijalari keltirilgan. Tajribalar sun’iy infeksion fon sharoitida o‘tkazilib, unda 3 ta nav (Karlikovyy ranniy 921, Almaz, Avrora) va 2 ta F1 duragay (Black Pearl F1, Barselona F1) tadqiq qilingan. Infeksion fon yaratishda Fusarium oxysporum f. sp. melongenae ning yuqori virulent shtammidan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Avrora navida so‘lish darajasi 15,40-19,23 %, Almaz navida 11,54-15,40 % ni tashkil etib, ushbu navlar o‘rtacha chidamli deb baholandi. Black Pearl F1 va Barselona F1 duragaylarida kasallik rivojlanishi 3,84–5,77 % atrofida qayd qilinib, yuqori chidamliligi aniqlandi. Karlikovyy ranniy 921 navida kasallik rivojlanishi 5,77-9,60 % oralig‘ida kuzatildi va chidamli nav sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari asosida baqlajonning Black Pearl F1 va Barselona F1 duragaylarini fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamli (R) bo‘lganligi sababli tomorqa yer egalari hamda fermer xo‘jaliklarida yetishtirish uchun tavsiya qilish mumkin.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Muallif haqida

Samad Utaganov, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

ilmiy xodim