DEVELOPMENT OF A LABORATORY REARING SYSTEM FOR WHITEFLY AS A HOST FOR ENCARSIA FORMOSA
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada oqkanotlar (Aleyrodidae), xususan Bemisia tabaci Genn. ni laboratoriya sharoitida samarali ko‘paytirish texnologiyasi hamda ularning biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida oqkanot populyatsiyasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida optimal mikroiqlim sharoitlari yaratildi: harorat 25±2°C, nisbiy namlik 60-70% va 16:8 soatlik fotoperiod rejimi saqlandi. Xo‘jayin o‘simlik sifatida pomidor (Solanum lycopersicum), bodring (Cucumis sativus) va tamaki (Nicotiana tabacum) o‘simliklaridan foydalanildi. Oqkanot populyatsiyasining shakllanishi, lichinka rivojlanish bosqichlari, yashab qolish darajasi va populyatsiya zichligi dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari barqaror mikroiqlim sharoiti, sifatli xo‘jayin o‘simliklari va qat’iy sanitariya-gigiyena nazorati laboratoriya sharoitida qisqa muddat ichida yuqori zichlikdagi oqkanot populyatsiyasini olish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, parasitoid entomofag hasharot Encarsia formosa ni rivojlantirish uchun biologik asos yaratildi va parazitlangan lichinkalardagi morfologik o‘zgarishlar kuzatildi.