DEVELOPMENT OF A LABORATORY REARING SYSTEM FOR WHITEFLY AS A HOST FOR ENCARSIA FORMOSA

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Rasul Jumaev
Sukhrobjon Tog‘ayev
Zukhra Saidova
Maftuna Musurmonqulova
Asadbek Norbekov

Annotatsiya

Mazkur maqolada oqkanotlar (Aleyrodidae), xususan Bemisia tabaci Genn. ni laboratoriya sharoitida samarali ko‘paytirish texnologiyasi hamda ularning biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida oqkanot populyatsiyasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida optimal mikroiqlim sharoitlari yaratildi: harorat 25±2°C, nisbiy namlik 60-70% va 16:8 soatlik fotoperiod rejimi saqlandi. Xo‘jayin o‘simlik sifatida pomidor (Solanum lycopersicum), bodring (Cucumis sativus) va tamaki (Nicotiana tabacum) o‘simliklaridan foydalanildi. Oqkanot populyatsiyasining shakllanishi, lichinka rivojlanish bosqichlari, yashab qolish darajasi va populyatsiya zichligi dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari barqaror mikroiqlim sharoiti, sifatli xo‘jayin o‘simliklari va qat’iy sanitariya-gigiyena nazorati laboratoriya sharoitida qisqa muddat ichida yuqori zichlikdagi oqkanot populyatsiyasini olish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, parasitoid entomofag hasharot Encarsia formosa ni rivojlantirish uchun biologik asos yaratildi va parazitlangan lichinkalardagi morfologik o‘zgarishlar kuzatildi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Rasul Jumaev, Tashkent State Agrarian University

DSc. Professor

Sukhrobjon Tog‘ayev, Republican Center for Bioquality

Deputy Director, associate professor

Zukhra Saidova, Republican Center for Bioquality

associate professor

Maftuna Musurmonqulova, Tashkent State Agrarian University

Master’s Students

Asadbek Norbekov, Tashkent State Agrarian University

Master’s Students