ВЛИЯНИЕ БИОМОДИФИЦИРОВАННЫХ ФОСФОРНЫХ УДОБРЕНИЙ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ ПОМИДОРА (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.)
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada karbonatli bo‘z tuproq sharoitida (Toshkent viloyati) pomidor (Solanum lycopersicum L., «Yusupovskiy» navi) o‘simligi misolida fosfatmobillashtiruvchi Bacillus subtilis BS-26 shtammi bilan biomodifikatsiya qilingan «BM–AMMAFOS» fosforli o‘g‘itining tuproqning agrokimyoviy xossalari, fermentativ faolligi va o‘simlik hosildorligiga ta’siri bo‘yicha kompleks tadqiqot natijalari keltirilgan.
Aniqlanishicha, «BM–AMMAFOS» qo‘llanilishi tuproqda fosforning biologik faol shakllari miqdorini uzoq muddat saqlanishi hisobidan fosforning mavjudligini sezilarli oshiradi. 30 kundan so‘ng o‘tkazilgan o‘lchovlarda erishilgan fosfor miqdori 90–98 mg/kg ni tashkil etib, bu oddiy «AMMAFOS» variantiga (36–38 mg/kg) nisbatan 2 barobardan yuqori ko‘rsatkichni namoyon qildi. Shu bilan birga tuproq fosfatazalarining faolligi 1,5–1,7 barobar oshgani kuzatildi, bu esa mikrobiologik jarayonlarning faollashganini va fosforning qiyin eriydigan shakllarining transformatsiyasi kuchayganini ko‘rsatadi.
Fosforli ozuqa rejimi yaxshilanishi natijasida pomidor o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi sezilarli darajada kuchaydi: o‘simlik balandligi, barglar soni, shingillar, gullar va tugunlar miqdori oshdi. Eng yuqori samara «BM–AMMAFOS» 50 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda kuzatilib, hosildorlik 39,4 s/ga ni tashkil etdi va nazoratga nisbatan 49,2 % ga yuqori bo‘ldi.
Olingan natijalar mineral fosforli o‘g‘itlarni biomodifikatsiya qilish fosfordan foydalanish koeffisiyentini oshirish, uning tuproqda fiksatsiyasini kamaytirish va qishloq xo‘jaligi ekinlari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan samarali agrotexnologik usul ekanligini tasdiqlaydi.