KUZGI BUG‘DOYNING SARIQ ZANG KASALLIGIGA QARSHI QO‘LLANILGAN KIMYOVIY KURASH CHORALARINI HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Doniyor Oripov
Yulduz Murodjonova
Go‘zal Ziyoboyeva

Annotatsiya

Maqolada kuzgi bug‘doy ekinida turli fungitsid preparatlari va ularni IFO PZN 3,0 l/ga bilan birgalikda qo‘llashning o‘simlikning asosiy biometrik hamda hosildorlik elementlariga ta’siri o‘rganildi. Unga ko‘ra, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, bir boshoqdagi don soni va bir boshoqdagi don og‘irligi kabi muhim ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, preparatlarni alohida qo‘llashga nisbatan ularni IFO PZN bilan kompleks qo‘llash yuqori samaradorlikni ta’minladi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Rauma 490 k.e 1,25 l/ga + IFO PZN 3,0 l/ga variantida qayd etilib, o‘simlik bo‘yi 118,3 sm, boshoq uzunligi 10,5 sm, bir boshoqdagi don soni 47 dona va don og‘irligi 2,0 g ni tashkil etdi. Shuningdek, AZOTE 320 SC 0,3 l/ga + IFO PZN 3,0 l/ga varianti ham yuqori natijalar qayd etildi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Doniyor Oripov, Qarshi davlat texnika universiteti

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dotsenti, q/x.f.f.d (PhD)

Yulduz Murodjonova, Qarshi davlat texnika universiteti

talaba

Go‘zal Ziyoboyeva, Qarshi davlat texnika universiteti

talaba