KUZGI BUG‘DOYNING SARIQ ZANG KASALLIGIGA QARSHI QO‘LLANILGAN KIMYOVIY KURASH CHORALARINI HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada kuzgi bug‘doy ekinida turli fungitsid preparatlari va ularni IFO PZN 3,0 l/ga bilan birgalikda qo‘llashning o‘simlikning asosiy biometrik hamda hosildorlik elementlariga ta’siri o‘rganildi. Unga ko‘ra, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, bir boshoqdagi don soni va bir boshoqdagi don og‘irligi kabi muhim ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, preparatlarni alohida qo‘llashga nisbatan ularni IFO PZN bilan kompleks qo‘llash yuqori samaradorlikni ta’minladi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Rauma 490 k.e 1,25 l/ga + IFO PZN 3,0 l/ga variantida qayd etilib, o‘simlik bo‘yi 118,3 sm, boshoq uzunligi 10,5 sm, bir boshoqdagi don soni 47 dona va don og‘irligi 2,0 g ni tashkil etdi. Shuningdek, AZOTE 320 SC 0,3 l/ga + IFO PZN 3,0 l/ga varianti ham yuqori natijalar qayd etildi.