FOSFORLI O‘G‘IT ME’YORLARINI DORIVOR STEVIYA O‘SIMLIGINI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada dorivor shirinbarg – Stevia rebaudiana o‘simligining barg soni va barg hosildorligiga fosforli o‘g‘it me’yorlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fosforli o‘g‘it me’yori oshib borishi bilan steviyaning barg soni hamda umumiy barg hosildorligi ortishi kuzatildi. Bu holat mazkur o‘simlikning fosfor elementiga bo‘lgan talabi nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada steviya o‘simligining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, biologik xususiyatlari va undan foydalanish yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba natijalariga ko‘ra, barg hosildorligining eng yuqori ko‘rsatkichi – 32,0 s/ga – fosforli o‘g‘itlar 175 kg/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich nazorat variantiga nisbatan 14,4 s/ga, fosforli o‘g‘it qo‘llanilmagan variantga nisbatan esa 5,7 s/ga yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar dorivor steviya yetishtirishda optimal fosforli o‘g‘it me’yorlarini belgilash muhim agrotexnik omil ekanligini tasdiqlaydi.