QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING 1:25000 MASSHTABLI ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Erkin Mengliqulov
Shaxnoza Alimaxamatova
Maftuna Zaripboyeva

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlar uchun 1:25000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tuproq xaritalari, agrokimyoviy ma’lumotlar, yer kadastri materiallari hamda masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq resurslarining fazoviy tahlili amalga oshirildi. Zamonaviy geoaxborot tizimlari yordamida tuproq sifati, sho‘rlanish darajasi hamda gumus, fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi elektron xaritalar yaratildi. Tadqiqot natijasida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi 162 ta tumandagi 3,7 mln gektar sug‘oriladigan yerlar uchun raqamli tuproq xaritalari ishlab chiqildi. Yaratilgan xaritalar GIS formatlariga konvertatsiya qilinib, yagona geomalumotlar bazasi shakllantirildi. Tadqiqot natijalari tuproq resurslaridan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Erkin Mengliqulov, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

bo‘lim boshlig‘i

Shaxnoza Alimaxamatova, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

bosh mutaxassis

Maftuna Zaripboyeva, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

bosh mutaxassis