JANUBIY HUDUDLAR SHAROITIDA KECHPISHAR SOYA NAVLARI DONINING KIMYOVIY TARKIBIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlari sharoitida kechpishar soya navlari donining kimyoviy tarkibiga ekish muddatlari va qator oralari kengligining ta’siri ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqotlar 2025 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumani sharoitida dala va laboratoriya tajribalari asosida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida Uzbekskaya-6 va Baraka kechpishar navlari tanlandi. Tajribada 5, 15 va 25 aprel ekish muddatlari hamda 60 va 90 sm qator oralari variantlari baholandi. Soya donining quruq modda, qand, oqsil, moy, kletchatka va vitamin C miqdorlari zamonaviy va standart laboratoriya usullari asosida aniqlandi. Tadqiqot natijalari 15 aprel ekish muddati va 60 sm qator oralari sharoitida oqsilning maksimal to‘planishini ta’minlashini ko‘rsatdi. Baraka navining yuqori genetik salohiyati aniqlanib, oqsil va moy miqdorlari o‘rtasida barqaror teskari bog‘liqlik mavjudligi tasdiqlandi. Olingan natijalar janubiy hududlar sharoitida yuqori sifatli soya xomashyosini yetishtirish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Muallif haqida

Mahfuza Ergasheva, DTPI

tayanch doktorant