MEVA-SABZAVOTLARINING BIOLOGIK AHAMIYATINI OSHIRUVCHI ASOSIY OMILLAR
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholini meva va sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabining o‘sish salohiyati hamda ushbu jarayonni cheklovchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda oziq-ovqat xavfsizligi, sog’lom ovqatlanish tamoyillari va bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol hajmining o‘zgarish tendensiyalari yoritilgan. Aholi sonining o‘sishi, daromadlar darajasining oshishi, urbanizatsiya jarayonlari hamda sog’lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi meva-sabzavot mahsulotlariga talabni oshiruvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmining mavsumiyligi, saqlash va logistika infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, narxlarning o‘zgaruvchanligi va import-eksport siyosatidagi cheklovlar talab o‘sishini chegaralovchi muhim omillar sifatida tahlil etilgan.