Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi)
Abstract
Ushbu maqolada zaytun o‘simligida uchraydigan zaytun meva pashshasi (Bactrocera oleae Rossi) zararkunan- dasining tarqalishi, rivojlanishi va zarari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Xorijiy adabiyotar tahlil qilinganda, zaytun meva pashshasi eng xavfli zararkunanda ekanligi qayd etildi. Kalit so‘zlar: zaytun o‘simligi, zaytun meva pashshasi, B. oleae, rivojlanishi, lichinka, tuxum, g‘umbak, tarqalishi, zarari, harorat. Аннотaция. В статье представлены сведения о распространении, развитии и повреждении вредителя оливковой плодовой мухи (Bactrocera oleae Rossi) на растении оливы. При анализе зарубежной литературы отмечено, что оливковая плодовая мушка является наиболее опасным вредителем.
Abstract
This article provides information on the distribution, development and damage of the pest of the olive fruit fly (Bactrocera oleae Rossi) in the olive plant. When analyzing the foreign literature, it was noted that the olive fruit fly is the most dangerous pest.
Keywords: olive plant, olive fruit fly, B. oleae, development, larva, egg, fungus, spread, damage, temperature. UO‘T: 632:632.914. 634.1 Kirish. Zaytun yog‘i dunyoda eng qimmatli va foydali yog’ hisoblanadi. Zaytun nisbatan issiq va dengizbo‘yi davlatlarida yetishtiriladi. Ammo seleksiya natijasida sovuq iqlimga chidamli navlar ham yaratilmoqda. Jumladan, ispaniyalik seleksioner olimlar tomonidan yaratilgan zaytunning “Orbikina” navi –22°C sovuqqa chidamli bo‘lib, asosan, yog‘ olish uchun o‘stiriladi. 2022-yilda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 50 gektar maydonda “Orbikina” navidan respublikamizdagi birinchi zaytun plantatsiyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining hududlarida zaytun bog‘lari barpo etilmoqda. Zaytun (Olea europaea L.) o‘simligi qurg’oqchilikka chidamli, sovuq va yuqori haroratga nisbatan chidamsiz hisoblanadi. Garchi deyarli faqat O’rta Yer dengizi iqlimi sharoitida yetishtirilgan bo’lsa- da, zaytun bog’larini juda chekka hududlarda ham uchratish mumkin. Harorat –8°C zaytunga zarar yetkazadi va yillik yog’in miqdori 350 mm bo’lgan qurg’oqchil hududlarda yetishtirish mumkin [1]. Biroq respublika hududlarida yetishtirilayotgan zaytunzorlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun zaytun daraxtida uchraydigan zararkunandalardan himoya qilish dolzarb vazifalardan biridir. Zaytun daraxtida 255 dan ortiq zararli organizmlar (kasallik, zararkunanda, nematoda) uchraydi. Ularning yarmiga yaqini zararkunandalar, qolganlari esa kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlardir. Biroq, ularning faqat kichik bir qismi zaytun daraxtiga iqtisodiy zarar yetkazadi. Zararli organizmlar ta’sirida 30% zaytun hosili yo’qotilishi mumkin [4]. Zaytun o’simligida eng xavfli zararkunanda zaytun meva pashshasi – Bactrocera oleae Rossi hisoblanadi. Ushbu zararkunanda Diptera turkumi, Tephritidae oilasiga mansub turdir [3, 5]. Taxminlarga ko’ra, zaytun pashshasi Afrikada paydo bo’lgan va butun O’rta Yer dengizi havzasida, keyinchalik Kaliforniya va Meksikada tarqalgan bo’lib, karantin muhofazasini talab qilishi va xalqaro savdo muammolarini keltirib chiqarishi qayd etilgan [7]. Hozirda u Janubiy Amerika yoki Avstraliyada topilmagan va Osiyoda mavjudligi aniq emas [3], zaytun pashshasi keng rivojlanishi va global isish tufayli yuqori kenglik va balandliklardagi hududlarga tarqalishi kutilmoqda [9]. B. oleae ning urgʻochi kapalaklari aprel oyida 60% ga yaqini yetuk tuxumga ega boʻlgani, biroq juftlashgandan keyin ular tuxum qoʻyish uchun zaytun mevalari yaroqli boʻlgunga qadar reproduktiv diapauzaga kirganligi kuzatilgan [11, 12]. Italiyada bahor va yozda hasharotning yetuk zoti uchganlarini butun mintaqada kuzatgan holda, bahor va yoz populyatsiyalari o’rtasida turli xil harakatlar mavjudligi kuzatilgan, bu esa to’liq nasl va qayta taqsimlanishning paydo bo’lishini ko’rsatmoqda [10]. B.oleaening voyaga yetgan urgʻochilari tuxumlarini zaytun meva ichiga qo‘yishi kuzatildi. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, bitta urg‘ochi hasharot bir kun davomida 10-40 ta, umri davomida 200 dan 500 tagacha tuxum qo‘yadi, tabiatda esa bitta urg‘ochi hasharot bir kun davomida 12 ta, umr bo‘yi taxminan 200-250 tuxum qo‘yishi mumkinligi ko‘rsatilgan [2, 13]. Zaytun meva pashshasining tuxumlari 7, 5-10°C dan past haroratda rivojlanmasligi va 30-32°C dan yuqori haroratda esa yashovchan emasligi, shuningdek, ob-havo sharoitiga qarab tuxumlar 1 kun ichida rivojlanishi mumkinligi qayd etilgan [6, 8]. B. oleae lichinkalari zaytun mevalari bilan oziqlanadi, tuxumlarini zaytun mevalari yuzasiga qo’yadi va birinchi lichinka 2-3 kundan keyin rivojlana boshlaydi. Lichinka bosqichi 25°C da 10-15 kungacha davom etadi. Kuzning o’rtalariga qadar zaytun mevasida o’z rivojlanishini yakunlaydi, keyinchalik kuzda