Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
PANONYCHUS CITRI (McGregor) POPULYATSIYASINI BIOLOGIK BOSHQARISHDA TABIIY DUSHMANLARNING AHAMIYATI
Raximova Aziza Abduxalimdjanovna
Maqolada sitrus qizil kanasi — Panonychus citri (McGregor) populyatsiyasini biologik boshqarishda tabiiy dushmanlarning o‘rni va ulardan integratsiyalashgan himoya tizimida foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ilmiy adabiyotlar asosida Phytoseiidae oilasiga mansub yirtqich …
-
Ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say parazitini qo‘llashdan oldin pomidor agrobiotsenozida uchraydigan Noctuidae oilasi vakillarining tur tarkibini aniqlash
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Baxodirov Ulug‘bek Zokirjon o‘g‘li
Maqolada ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say parazitini pomidor agrobiotsenozida qo‘llashdan oldin uning asosiy xo‘jayinlari hisoblangan tunlamlar (Noctuidae) oilasi vakillarining tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar …
-
ZARARKUNANDALARGA QARSHI AGROTEXNIK KURASH TADBIRLARINI QONIQARLI DARAJAGACHA OLIB CHIQISH
Aminova Dildor Xolmurodovna, Ruziyev Rufat Zafar o‘g‘li
Ushbu maqolada 2023–2025-yillarda Qibray, Bo‘stonliq va Angren tumanlaridagi gilos bog‘larida olib borilib, agrotexnik tadbirlarning bajarilish darajasi hamda ularning fitosanitar holatga ta’siri baholangan. Bog‘larni o‘simlik qoldiqlaridan tozalash, daraxtlarni eski po‘stloqlardan tozalash, …
-
HIMOYALANGAN JOYLARDA ShIRA ZARARKUNANDALARIGA QARShI KIMYOVIY PREPARATLAR QO‘LLAShDAGI BIOLOGIK SAMARADORLIK.
Nuralieva Dilnoza Samadullaevna, Irgasheva Nilufar Risqievna
Ushbu maqolada, himoyalangan joylarda bodring ekinida shira zararkunandasiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi keltirligan bo‘lib tadqiqotlar Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida joylashgan Qarshi issiqxonasida 2022- yillarda olib borilgan. Shiralarga qarshi …
-
BRAKONNI KO‘PAYTIRISH QURILMASINI YARATISH
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Baxodirov Ulug‘bek Zokirjon o‘g‘li
Maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi konstruksiyadagi qurilmaning tuzilishi va texnologik imkoniyatlari bayon etilgan. Qurilma katta mum parvonasi (Galleria mellonella …
-
To‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumiga mansub chirildoqlar (Gryllidae) oilasining bioekologik xususiyatlari va ularning zararli turlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari.
Hamroyev Ilyos Amirovich
Maqolada to‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumiga mansub chirildoqlar (Gryllidae) oilasining bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, hayot kechirish sikli va qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari tahlil qilingan. Shuningdek, ularning zararli turlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash …
-
TUPROQDAN ENTOMOPATOGEN NEMATODALARNI AJRATIB OLISH UCHUN TURLI USULLARNI QIYOSIY TAQQOSLASH
Karimova Rixsiniso Miratxamovna
Maqolada tuproqdan entomopatogen nematodalarni (Steinernema va Heterorhabditis avlodlari) ajratib olish uchun maxsus qurilmaning samaradorligi an’anaviy Berman voronkasi va suvli ekstraksiya usullari bilan qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tajribalar mexanik tarkibi jihatidan uch …
-
OLMADA O‘RGIMCHAKKANANING RIVOJLANISHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Xolbayeva Xolida Saidovna, Obidjanov Dilshod Axmed Xuja o‘g‘li
Jizzax viloyati iqlim sharoitida bahorda qizil mevakanasining ommaviy chiqishi 12-15 °C da kuzatildi. Bu jarayon olma daraxtining kurtak yozilishi va gullash davr mart oyining oxiri – aprel oyining birinchi o‘n …
-
BIOLABORATORIYALARDA ENCARSIA PARTENOPEA YETISHTIRISH VA UNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI TA’SIRI
Xolliyev Asamiddin Turaevich, Elmurodov Maqsudjon Ziyodullo o‘g‘li
Ushbu maqolada Aleyrodidae (oq qanotlilar) oilasiga mansub zararkunandalarga qarshi biologik kurashda Encarsia partenopea (Hymenoptera) entomofagidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi biolaboratoriya sharoitida ushbu parazitoidni ko‘paytirishning samarali usullarini ishlab …
-
KARTOSHKANING FUZARIOZ KASALLIGIGA QARSHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Raximov Umid Uktam o‘g‘li, Begimqulova Dilnoza Meyliyevna
Mazkur tadqiqotda bahorgi Kartoshka ekinlarida uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning tarqalish darajasi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Dala kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, kartoshka ko‘chatlarining 10–12% qismi tuproq va urug‘ infeksiyasi sababli nobud bo‘lishi …
-
INTENSIV PISTA BOG‘LARIDA GALL HOSIL QILUVCHI SHIRALARGA QARSHI CHRYSOPERLA CARNEA ENTOMOFAGINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Maxmatmurodov Alisher O‘lmasovich, Madiyev Abduqodir Jumanazarovich, Xudoyqulov Samandar Abdunazar o‘g‘li
Mazkur tadqiqotda ilk bor Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi intensiv pista bog‘lari sharoitida gall hosil qiluvchi Forda formicaria va Forda hirsuta shiralariga qarshi oltinko‘z (Chrysoperla carnea Stephens) entomofagining turli entomofag-shira nisbatlaridagi …
-
TRIXOGRAMMA PARAZITINI ZARARKUNANDA TUXUMLARIGA QARSHI QO‘LLASHNING TURLI USULLARI
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Anorbayev Azimjon Raimkulovich
Ushbu maqolada g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) tuxumlariga qarshi trixogrammani tarqatishning ikki xil usulining biologik samaradorligi qiyosiy baholandi. Tajribalarda Trichogramma chilonis Ishii turi an’anaviy imago holatida qog‘oz qiyqimlarda va yangi usul …
-
QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek
Mazkur maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish uchun yaratilgan maxsus qurilmaning biologik samaradorligi baholangan. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasi sharoitida olib borildi. Tajribalarda xo‘jayin hasharot sifatida katta …
-
SESAMUM INDICUM L. EKINIDA ASOSIY ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULLARINING SAMARADORLIGI VA EKOLOGIK XAVFSIZLIGI
Erkinov Xolbek, Sulaymonova Nargiza
Ushbu maqolada kunjut ekinida keng uchraydigan issiqxona oqqanotiga qarshi kurashishda kunjut urug‘ini Kruizer Ekstra, 36,2% sus.k. urug‘dorilagichi bilan kunjut urug’lariga qayta ishlov berilib biologik samaradorligini o‘rganish va pereparatning urug’lar unuvchanligiga …
-
SESAMUM INDICUM L. AGROTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR KOMPLEKSINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING IQTISODIY ZARAR CHEGARASINI ANIQLASH
Erkinov Xolbek
Ushbu maqolada kunjut ekinida keng uchraydigan issiqxona oqqanotiga qarshi kurashishda kunjut urug‘ini Avalanche 70% n.kuk. urug‘dorilagich bilan keltirilgan sarf-me’yor ko‘rsatkichlari asosida qayta ishlov berilib biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
SHIRIN MAKKAJO‘XORI AGROBIOTSENOZIDAGIKEMIRUVCHI DOMINANT TURLARNIBIOEKOLOGIYASI, ZARARI VA BIOLOGIK QARSHIKURASH SAMARADORLIGI
Fayzullayev Burxon, Bababekov Qalandar, Ergashev Shavkat, Murodov Inomjon
Maqolada makkajo‘xori parvonasi qurtlari bioekalogiyasi, zarari hamda ular sonini boshqarishda va unga qarshi biologik kurashda trixagramma (Trichogramma chilonis) entomofagidan foydalanish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
-
PIYOZ PASHSHASINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNGA QARSHI BIOLOGIK KURASH CHORALARI
Fayzullayev Burxon, Murodov Inomjon, Toshtemirov Aminjon
Piyoz pashshasi piyoz va boshqa sabzavot ekinlarining jiddiy zararkunandasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkiqanotlilar turkumiga kiruvchi bu hasharot piyoz bargi va piyozboshiga zarar yetkazadi. Tegishli qarshi kurash choralari o‘tkazilmaganda piyoz hosili to‘liq …
-
KARTOSHKA O‘SIMLIGINI KOLORADO QO‘NG‘IZIDAN HIMOYA QILISHDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALI ULTRATOVUSH QURILMASIDAN FOYDALANISH
Abdikarimov Abdiraxim, Bayzakov Taxir
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish hamda kartoshka ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Kolorado qo‘ng‘izining morfologik tuzilishi, biologik xususiyatlari va kartoshka …
-
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI IQLIM SHAROITIDA G‘O‘ZANI SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH CHORALARI
Zinatdinov Nuratdin, Shamuratova Nasima
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlim sharoitida g‘o‘za ekinlarida uchraydigan asosiy so‘ruvchi zararkunandalar populyatsiyasining ortishi g‘o‘za o‘simligining o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Shuningdek, maqolada zararkunandalarga qarshi …
-
BO‘SH OMBORLARDA OMBOR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI O‘TKAZILGAN KIMYOVIY PREPARAT MALATIUM 50 % EM.K NI BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Eshmurzayev Jasur, Sulaymonov Otabek, Murodov Baqojon, Shaymanov Mashrab
Ushbu maqolada qishloq xo’jaligi mahsulotlarni saqlash davrida uchraydigan ombor zararkunandalariga qarshi va omborlarga mahsulotlarni saqlashdan oldin Malatium 50 % em,k bilan profilaktik ishlov berish hamda uning biologik samaradorligi to’g’risida ma’lumotlar …