QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Botirjon Sulaymonov

Annotatsiya

Mazkur maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish uchun yaratilgan maxsus qurilmaning biologik samaradorligi baholangan. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasi sharoitida olib borildi. Tajribalarda xo‘jayin hasharot sifatida katta mum parvonasi (Galleria mellonella L.)ning oxirgi yoshdagi qurtlaridan foydalanildi. Yaratilgan qurilmada va an’anaviy usulda ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say avlodlarining parazitlash faolligi, avlod mahsuldorligi, imagolar chiqishi, jinslar nisbati hamda saqlashdan keyingi reproduktiv ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Natijalarga ko‘ra, maxsus qurilmada parazitlangan xo‘jayin qurtlar soni 191,4 donani tashkil etib, an’anaviy usulga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bir dona parazitlangan qurtdan chiqqan imagolar soni o‘rtacha 10,7 tani tashkil etgan bo‘lsa, an’anaviy usulda bu ko‘rsatkich 8,4 taga teng bo‘lgan. Qurilmada jami 2047,9 dona imago olinib, an’anaviy usulga nisbatan 33 % ko‘proq biomaterial yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, urg‘ochi imagolar ulushi 7,9:2,1 nisbatda shakllanib, entomofagning reproduktiv salohiyati yuqori ekanligi aniqlangan. Entomofaglarni saqlashda +10°C harorat rejimi eng maqbul sharoit ekanligi belgilandi hamda ushbu haroratda saqlangan avlodlarda eng yuqori pushtdorlik ko‘rsatkichlari qayd etildi. Olingan natijalar maxsus qurilmaning Bracon hebetor Say parazitini biolaboratoriya sharoitida samarali ommaviy ko‘paytirish va saqlash uchun texnologik jihatdan istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Botirjon Sulaymonov, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti

rektor maslahatchisi, biologiya fanlari doktori, akademik

Ulug‘bek Baxodirov

ilmiy tadqiqotchi