TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN G‘O‘ZA TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada o‘rta tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan natijalarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotlarda Toshkent, Namangan va Xorazm viloyati sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning Sulton, S-6524, Xorazm-127, S-5707, S-6575, S-6580, S-8295, S-8296 va S-8297 seleksion navlaridan olingan tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari navlar bo‘yicha ip yigiruvchanlik koeffisiyenti 125-148, mikroneyri 4,2-4,9 ni, yuqori o‘rtacha uzunlik 1,09-1,22 dyum, solishtirma uzilish kuchi 27,6-31,3 gkuch/teks hamda uzilishdagi uzayish 6,5-8,4 % ni tashkil etishi aniqlangan. Tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari yetishtirilgan navlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan viloyati sharoitida kuzatilganligi va bu ekologik hududlar orasida Namangan viloyati bu navlarni yetishtirish uchun eng qulay mintaqah ekanligi bayon etilgan.