G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Najmiddin Ochildiyev
Yulduz Choriyeva
Abdurashid Xudoynazarov
Abror Mustofoqulov

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish usullari keng yoritilgan. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, vegetatsiya davrida uch marotaba dala ko‘rigi o‘tkazildi. Har bir ko‘rik davomida o‘simliklarning morfologik belgilari, navga xoslik darajasi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, hosildorligi hamda pishish muddati batafsil o‘rganildi.


Natijalarga ko‘ra, birinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzorida jami 323 ta oiladan 17,6 foizi yaroqsizga chiqarilib, seleksiya talablari asosida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega o‘simliklar tanlab olindi. Chiqitga chiqarish asosan navga xos bo‘lmagan belgilar, agrotexnik kamchiliklar, kam hosildorlik va kechpisharlik sababli amalga oshirildi. Mavsum yakunida yuqori avlodli urug‘lik paxta yetishtirilib, uning umumiy hajmi 2550 kg ni tashkil etdi.


Urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorida esa navning barqarorligi yuqori ekanligi tasdiqlanib, yaroqsizga chiqarish darajasi 2 foizdan oshmadi. Tadqiqot natijalari ingichka tolali “ITPITI-1” navining yuqori hosildor, genetik jihatdan barqaror va istiqbolli nav ekanligini ko‘rsatdi. Mazkur navning birlamchi urug‘chiligini to‘g‘ri tashkil etish paxtachilikda yuqori sifatli xomashyo yetishtirishni ta’minlaydi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Najmiddin Ochildiyev, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti

“Birlamchi urug‘chilik va urug‘shunoslik” laboratoriyasi mudiri q.x.f.f.d., katta ilmiy xodim

Yulduz Choriyeva, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi Termiz nav sinash stansiyasi

agronom, kichik ilmiy xodim

Abdurashid Xudoynazarov, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti

tayanch doktorant

Abror Mustofoqulov, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti

stajor tadqiqotchi