ANJIRNING AHAMIYATI, ULARNING ZAMBURUG‘LAR QO‘ZG‘ATADIGAN ASOSIY KASALLIKLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH USULLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada anjir (Ficus carica L.) o‘simligining oziq-ovqat, iqtisodiy va shifobaxsh ahamiyati, uning dunyo va O‘zbekiston miqyosida yetishtirilishi hamda zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Antraknoz, un-shudring, zang, meva va ildiz chirish kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari, biologik xususiyatlari, zararlanish belgilari va tarqalish sharoitlari yoritilgan. Shuningdek, anjir kasalliklarini marshrutli kuzatuv, diagonal usul va ballli shkalalar asosida hisobga olish usullari keltirilgan. Kasallik tarqalishi va rivojlanish darajasini aniqlash formulalari bayon qilingan. Tadqiqot natijalari anjir plantatsiyalarining fitosanitar holatini baholash va kasalliklarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.