ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA (SHARH)
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Bodring antraknozi issiqxona sharoitida keng tarqaladigan va yuqori iqtisodiy zarar yetkazuvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. U asosan Colletotrichum orbiculare tomonidan qo‘zg‘atilib, barg, poya, band va mevalarda nekrotik shikastlanishlarni keltirib chiqaradi hamda mahsulot sifati va hosildorligini pasaytiradi. Ushbu sharhda bodring antraknozining etiologiyasi, patogenezi, issiqxona ekologiyasida tarqalish xususiyatlari, simptomatikasi va zamonaviy diagnostika usullari bo‘yicha so‘nggi ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Manbalar tahlili C. orbiculare ning gemibiotrof patogen ekanini, infeksiya jarayonida melaninli appessoriy va effektor oqsillar muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Shuningdek, yuqori namlik, barg yuzasida suv mavjudligi, kondensat hosil bo‘lishi va havo almashinuvining yetarli emasligi issiqxonada kasallik rivojlanishi uchun asosiy ekologik omillar ekani aniqlandi. Morfologik belgilar bilan bir qatorda, ko‘plokusli filogenetik tahlil, qPCR testlar, CAPS-markerlar hamda sun’iy intellektga asoslangan diagnostika usullarining ahamiyati yoritildi. Tahlil natijalari bodring antraknozini erta aniqlash, fitosanitar monitoringni takomillashtirish va integral himoya choralarini ishlab chiqishda zamonaviy diagnostika texnologiyalari muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi.