ISSIQXONA SHAROITIDA POMIDOR O‘SIMLIGIDA FITOFTOROZ KASALLIGI BO‘YICHA ANALITIK SHARH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Uchqun Raximov
Baxrom Sodiqov

Annotatsiya

Mazkur sharhda issiqxona sharoitida pomidor o‘simligida fitoftoroz kasalligining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atuvchisi, kasallik belgilari hamda epidemiologik qonuniyatlari zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasallik P.infestans tomonidan qo‘zg‘atiladi va u oomitsetlarga mansub bo‘lib, yuqori namlik va optimal harorat sharoitida juda tez rivojlanadi. Issiqxona sharoitida mikroiqlimning o‘ziga xosligi - xususan, yuqori nisbiy namlik, barg yuzasining uzoq muddat namlanib turishi va kondensatsiya jarayonlari kasallikning epifitotik rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.


Analitik tahlillar asosida fitoftorozning asosiy infeksiya manbalari zararlangan ko‘chatlar, o‘simlik qoldiqlari hamda yaqin atrofdagi solanatsiya ekinlari ekanligi aniqlandi. Patogenning rivojlanish siklida sporangiy va zoospora bosqichlari muhim o‘rin tutib, infeksiya jarayonining tezkor kechishini ta’minlaydi. Kasallik barg, poya va mevalarda namoyon bo‘lib, qisqa muddatda o‘simlikning to‘liq nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, issiqxona sharoitida fitoftorozni samarali nazorat qilish uchun mikroiqlimni nazorat qilish, erta diagnostika va infeksiya manbalarini kamaytirishga qaratilgan kompleks yondashuv zarur ekanligi asoslab berildi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Uchqun Raximov, Toshkent davlat agrar universiteti

professor

Baxrom Sodiqov, Toshkent davlat agrar universiteti

dotsent