JO‘KA (TILIA PLATYPHYLLOS) DARAXTINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, ULARNING TARQALISHI VA ZARAR YETKAZISH DARAJASI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Xumoyun Mustafayev

Annotatsiya

Mazkur maqolada jo‘ka daraxti (Tilia platyphyllos)ning asosiy zararkunandalari, ularning tarqalishi va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, zararkunandalar tarkibi hamda ularning nisbiy ulushi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, shira hasharotlari (Aphididae) dominant guruhni tashkil etib, umumiy zararkunandalarning 56 foizini egalladi. Shira zararlanishi natijasida barglarda deformatsiya, fotosintez jarayonining susayishi hamda o‘simlikning umumiy fiziologik holatining yomonlashuvi kuzatildi.


Shuningdek, o‘rgimchaksimon kanalar (Tetranychidae), barg o‘ramlovchi (Tortricidae) va qalqonli hasharotlar (Coccoidea) ikkilamchi zararkunandalar sifatida aniqlanib, ularning zarar darajasi nisbatan past bo‘lsa-da, o‘simlikning fitosanitar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.


Olingan natijalar asosida jo‘ka daraxtlarini zararkunandalardan himoya qilishning ilmiy-amaliy choralari ishlab chiqildi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Muallif haqida

Xumoyun Mustafayev, Toshkent davlat agrar universiteti

tayanch doktorant