BO‘RDOQILINAYOTGAN QO‘ZILARNING FITOBIOTIK TA’SIRIDA TIRIK VAZN DINAMIKASI VA ULARNING TEZ YETILUVCHANLIGI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Davlatjon Sharifov
Abdumalik Yangiboyev
Ilyosjon Xolbo‘tayev

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘rdoqilinayotgan qo‘zilarning tirik vazn dinamikasi va tez yetiluvchanligiga fitobiotik qo‘shimcha – “ФИТОС” preparatining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda qo‘zilar 3 guruhga ajratilib, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhlariga 5 g va 10 g miqdorda fitobiotik qo‘shib berildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “ФИТОС” qo‘llanilishi qo‘zilarning mutloq va o‘rtacha sutkalik o‘sishini sezilarli darajada oshiradi, ozuqa moddalari hazmlanishini yaxshilaydi hamda tez yetiluvchanligini ta’minlaydi. Eng yuqori samaradorlik 5 g/bosh/kunda dozada kuzatildi. Shuningdek, tirik vazn o‘sish ko‘rsatkichlarining barqarorligi va guruh ichidagi individual farqlarning kamaygani aniqlanib, fitobiotiklardan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati asoslandi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Davlatjon Sharifov, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali

mustaqil izlanuvchi

Abdumalik Yangiboyev, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali

q.x.f.d, dotsent

Ilyosjon Xolbo‘tayev, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali

q.x.f.f.d. (PhD)