BRACON HEBETOR SAY ENTOMOFAGINI OMMAVIY KO‘PAYTIRISHDA MUM KUYASI (GALLERIA MELLONELLA L.) QURTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada Bracon hebetor Say entomofagini laboratoriya sharoitida ommaviy ko‘paytirish uchun Galleria mellonella qurtlarini yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi va uning biologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotlar laboratoriya sharoitida 28-32°C harorat, 60-75% nisbiy havo namligi va 16:8 soatli fotoperiod rejimida olib borildi. Mum kuyasi kapalaklarining tuxum qo‘yish faolligi, qurtlarning rivojlanish dinamikasi, ozuqa muhitlarining samaradorligi va biomassa hosil qilish ko‘rsatkichlari baholandi. Urg‘ochi kapalaklar hayoti davomida o‘rtacha 600-850 tagacha tuxum qo‘yishi aniqlandi. Embrional rivojlanish davri 5-7 kun, lichinka bosqichi 25-30 kun va g‘umbaklanish davri 8-10 kunni tashkil etdi. Optimal mikroklimat sharoitida mum kuyasi avlodining to‘liq rivojlanish sikli 37-45 kun davom etdi. Olingan natijalar Galleria mellonella qurtlarini laboratoriya sharoitida samarali ko‘paytirish Bracon hebetor Say entomofagini ommaviy ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli biologik ozuqa bazasini yaratish imkonini berishini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan texnologiya biolaboratoriyalarda entomofaglarni uzluksiz yetishtirish, biologik himoya tizimlarining samaradorligini oshirish va kimyoviy pestitsidlardan foydalanishni qisqartirishda muhim ahamiyatga ega.