BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SABZAVOT EKINLARINING TUPROQ OSTKI ZARARKUNANDALARI VA ULARNING ZARAR KELTIRISH DARAJASI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Gulhayo Rajabova
Ruxshona Qalandarova

Annotatsiya

Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida sabzavot ekinlarida uchraydigan asosiy tuproq ostki zararkunandalari — kuzgi tunlam, simqurtlar hamda fitoparazit nematodalarning tarqalishi va zarar keltirish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2024-yillarda Buxoro davlat universiteti o‘quv-tajriba xo‘jaligi sharoitida pomidor, bodring, piyoz va kartoshka ekinlari agrotsenozlarida olib borildi. Kuzatuvlar davomida tuproqning 0–30 sm qatlamidan namunalar olinib, zararkunandalar soni dona/m² hisobida aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, 2024-yilda tuproq ostki zararkunandalari zichligi 2023-yilga nisbatan yuqori bo‘ldi. Eng yuqori zararlanish kartoshkada 21,6%, bodringda 18,4%, pomidorda 16,7% va piyozda 14,1% ni tashkil etdi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Gulhayo Rajabova, Buxoro davlat universiteti

o‘qituvchi

Ruxshona Qalandarova, Buxoro davlat universiteti

talaba