SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z, O‘TLOQI TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY VA KIMYOVIY XOSSALARINING TAVSIFI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Munisa Urmanova
Dilnavoza Burxanova

Annotatsiya

Maqolada Toshkent viloyati sharoitida tarqalgan tipik bo‘z, o‘tloqi tuproqlarning agrokimyo va kimyoviy xossalari keltirilgan. Natijalarga ko‘ra o‘rganilgan tuproqlarning gumus va oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha sug‘oriladigan tipik bo‘z va o‘tloqi tuproqlar gumus bilan kam (0,36-0,87%), harakatchan fosfor bilan juda kam (5,33-15,60 mg/kg), almashinuvchi kaliy bilan kam (100-200 mg/kg) ta’minlanganligi aniqlangan, tuproqlarning kimyoviy xossalariga ko‘ra sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda quruq qoldiqning miqdori tuproq profili bo‘ylab 0,125-0,145% atrofida o‘zgarib turishi va bu ko‘rsatkichning yuqori qatlamlardan pastki qatlamlar tomon asta-sekin pasayib borishi kuzatildi. Clmiqdori ustki qatlamlarda 0,007% ni, quyi qatlamlarda esa 0,003% ni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich profil bo‘ylab sezilarli o‘zgarishi kuzatilmadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda suvli so‘rim tahliliga ko‘ra, quruq qoldiq miqdori profil bo‘ylab 0,090-0,120% ni tashkil etib, uning miqdori profil bo‘ylab pastga tomon oshib borishi kuzatildi. Cl- miqdori tuproq profili bo‘ylab deyarli bir xil miqdorni, ya’ni 0,007% ni tashkil etadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Munisa Urmanova, Тoshkent davlat agrar universiteti

q.x.f.f.d (PhD)

Dilnavoza Burxanova, Тoshkent davlat agrar universiteti

q.x.f.f.d (PhD)