NAVBAHOR TUMANI SUGʻORILADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING OZUQA MODDALARI BILAN TA’MINLANISH DARAJASI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada Navbahor tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni tuproqlarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida hudud tuproqlarining agroximik xususiyatlari, fosfor va kaliy elementlari miqdori, shuningdek, gumus zaxirasi va ularning o’simliklar tomonidan o’zlashtirish hususiyatlari tahlil qilinib, mavjud shakllari aniqlangan. Olingan natijalar asosida tuproqlarning unumdorlik darajasi baholanib, ularning meliorativ holati va samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan bir qatorda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mineral va organik o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish, tuproq degradatsiyasining oldini olish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.