NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA TUPROQ UNUMDORLIGI KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Yashin Suyarov
Gulchexra Sodiqova
Shovkat Xoldorov

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot Namangan viloyati Mingbuloq tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq unumdorligi ko‘rsatkichlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hudud tuproqlari asosan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlardan iborat bo‘lib, ularning mexanik tarkibi qumli tuproqlardan og‘ir qumoqli tuproqlargacha o‘zgaruvchanligi aniqlandi. O‘rta va og‘ir qumoqli tuproqlar umumiy maydonning 63 % dan ortig‘ini tashkil etadi. Agrokimyoviy tahlillar natijasida gumus miqdori 0,6-1,8 % oralig‘ida bo‘lib, tuproqlarning organik modda bilan o‘rtacha darajada ta’minlanganligi, harakatchan fosfor miqdori 15-30 mg/kg, almashinuvchan kaliy esa 100-250 mg/kg diapazonda ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar hudud tuproqlarida asosiy cheklovchi omil sifatida gumus miqdorining pastligi va mexanik tarkibning agroekologik xususiyatlari ajralib turishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari tuproq unumdorligini oshirish, ozuqa moddalari balansini optimallashtirish va sug‘oriladigan yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Yashin Suyarov, Toshkent davlat agrar universiteti

mustaqil tadqiqotchi(PhD)

“Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi bosh muhandisi

Gulchexra Sodiqova, Toshkent davlat agrar universiteti

biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Shovkat Xoldorov, “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi

bo’lim boshlig’i