QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI IQLIM OʻZGARISHI SHAROITIDA SUGʻORILADIGAN YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida iqlim o‘zgarishining sug‘oriladigan yer resurslariga ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va tuproq sho‘rlanish darajasining ortishi qishloq xo‘jaligi samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda hududning tabiiy-iqlim sharoiti, sug‘oriladigan yerlarning hozirgi holati va mavjud muammolar o‘rganiladi.Shuningdek, ishda yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni takomillashtirish yo‘llari, jumladan suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, meliorativ tadbirlarni kuchaytirish hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.