LALMIKOR MAYDONLARDA ALMASHLAB EKISH TIZIMINING TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLAR KIMYAVIY XOSSALARIGA TA`SIRI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Jizzaz viloyati Baxmal tumani “Muzbuloq” massivi hududida tarqalgan tо‘q tusli bо‘z tuproqlarni tashkil qilib, iqlim о‘zgarishlari va insonlar omili ta’sirida tuproqlarning kimyoviy xossalari о‘zgargan. Bu tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar miqdorining kamayishi kabi salbiy hodisalar sodir bо‘lmoqda. Izlanish olib borilgan almashlab ekish tizimidagi tо‘q tusli bо‘z tuproqlarda кo‘p yillik beda ekilgan maydonning haydov qatlamida gumus miqdori 1,117 % ni tashkil qilgan, umumiy azot 0,067 % ni umumiy fosfor 0,40 % ni, umumiy kaliy 1,172 % ni, ko‘p yillik bug‘doyda (мonokultra) gumus 1,117%, azot 0,070 %, fosfor 0,35 %, kaliy 1,050 va % ni tashkil etgan. Mos ravishda harakatchan shaklidagi nitrat esa 10,6 va 10,8 mg/kg ni, fosfor 35 va 30 mg/kg ni, almashinuvchan kaliy 211 va 202 mg/kg ni tashkil etib kam va o‘rtacha ta’minlangan gruhlarni tashkil etgan.