NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI GULISTON MASSIVI HUDUDI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO’JALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING SHO‘RLANISH DARAJASI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abror Ruziyev
To’lqin Shamsiddinov
Shovkat Xoldorov

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Namangan viloyati Mingbuloq tumani Guliston massivi hududidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq sho‘rlanish darajasi va uning shakllanish omillari kompleks baholandi. Tadqiqot natijalari hududda sho‘rlanishning sezilarli darajada tarqalganligini ko‘rsatdi: umumiy 4966,53 gektar maydonning 51,46 % qismi o‘rta darajada, 26,28 % qismi kam darajada, 4,77 % va 3,79 % qismi mos ravishda kuchli va juda kuchli darajada sho‘rlangan. Sho‘rlanish jarayonining asosiy drayverlari sifatida grunt suvlari sathining 1,5-2,0 m chuqurlikda joylashganligi, drenaj tizimlarining past samaradorligi hamda yuqori bug‘lanish sharoitlari aniqlangan. Tadqiqot sho‘rlanishning hududiy differensiallashuvi suv rejimi va meliorativ infratuzilma bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida sho‘rlanishni boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etildi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Abror Ruziyev, Toshkent davlat agrar universiteti

mustaqil tadqiqotchi (PhD), “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi bo‘lim boshlig‘i

To’lqin Shamsiddinov, Toshkent davlat agrar universiteti

biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Shovkat Xoldorov, “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi

bo‘lim boshlig‘i