SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI VA XOSSALARI (MINGBULOQ TUMANINING GULISTON HUDUDI MISOLIDA)
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada Namangan viloyati Mingbuloq tumani Guliston massivi hududidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlarining mexanik tarkibi va ularning agroekologik ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi tuproq granulometrik tarkibini aniqlash, ularni tasniflash hamda suv-fizik xossalar va meliorativ holat bilan bog‘liqligini baholashdan iborat.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, umumiy 5062,4 gektar maydonning 38,92 % o‘rta qumoqli, 26,40 % yengil qumoqli, 21,27 % qumloq, 6,79 % qumli va 6,62 % og‘ir qumoqli tuproqlardan iborat ekanligi aniqlandi.
Aniqlangan granulometrik tarkib hududda suv rejimi, aeratsiya va oziq moddalarning migratsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi. Olingan natijalar asosida tuproqlardan differensial foydalanish hamda mexanik tarkibga mos agrotexnik va meliorativ tadbirlarni qo‘llash zarurligi asoslab berildi.