MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI ELEMENTLARINI HISOBLASH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Bobur Xidirov
Elmira To‘rayeva

Annotatsiya

Mazkur maqolada tipik bo‘z tuproqlar sharoitida makkajo‘xori (Zea mays L.) yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida yomg‘irlatib sug‘orish texnikasi elementlarini ilmiy asosda hisoblash, sug‘orish parametrlarini aniqlash hamda ularning o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri baholangan. Tajriba davomida sug‘orish tizimining asosiy elementlari — nasos qurilmasi, magistral va tarqatuvchi quvurlar hamda purkagichlarning joylashuvi va ishlash rejimi o‘rganildi. Yomg‘irlatish jadalligi, tomchi o‘lchami va suvning dala bo‘yicha bir tekis taqsimlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, makkajo‘xorining vegetatsiya davrida tuproq namligi dinamikasi va sug‘orish me’yorlari aniqlanib, ularning o‘simlik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi tuproq namligini barqaror saqlash, suvni tejamli ishlatish va o‘simliklarning bir xil rivojlanishini ta’minlash imkonini beradi. Ushbu usulda suv sarfi an’anaviy sug‘orish usullariga nisbatan 2,0–2,5 barobar kamayganligi hamda makkajo‘xori hosildorligi oshganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi suv resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Muallif haqida

Elmira To‘rayeva, Termiz muhandislik va agrotexnologiyakar universiteti

talaba