TEMIRLI MIKROO‘G‘ITLAR BILAN BARG ORQALI OZIQLANTIRISHNING KUZGI QATTIQ BUG‘DOYNING KLEYKOVINA MIQDORIGA TA’SIRI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Boshoqli don ekinlari navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, joriy etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Kuzgi qattiq bug‘doyning “Zilol” naviga an’anaviy me’yorda N180P90K60 kg/ga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda ildizidan tashqari temirli mikroo’g’itlar bilan oziqlantirish mikroo‘g‘it suspenziyasi me’yoriga bog‘liq holda donning texnologik sifat ko’rsatkichlaridan kleykovina miqdoriga ijobiy ta’sir etganligi aniqlandi. Kuzgi qattiq bug‘doyning o‘suv davrida ildizdan tashqari qo‘shimcha temirga boy Entomicro va TUD mikroo‘g‘iti bilan birgalikda qo‘shimcha oziqlantirilgan variantda boshqa variantlarga nisbatan 2,6-3,5 % ga oshirishi mumkinligi ta’minladi.