SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA O‘SIMLIKLARNING ABIOTIC STRESSLARGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISHDA PGPR VA ENDOFITLARNING ROLI: SCOPUS ASOSIDAGI BIBLIOMETRIK TAHLIL (2016–2025)

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Ozoda Xaydarova
Gulchexra Sodiqova
Mo‘tabar Xo‘janazarova
Suxrob Sanaqulov

Annotatsiya

Ushbu maqola Scopus bazasidagi 2016–2025 yillarga oid maqolalarga asoslanib, o‘simliklarning sho‘rlik, qurg‘oqchilik va boshqa abiotic stresslarga chidamliligini oshirishda Plant Growth Promoting Rhizobacteria (PGPR), endofit bakteriyalar va rizosfera mikrobiomining rolini chuqurlashtirilgan bibliometrik tahlil qiladi. “Authors’ Production over Time”, Bradford qonuni asosidagi jurnallar taqsimoti, mamlakatlar iqtiboslari, hamkorlik tarmoqlari va eng ko‘p iqtibos olgan hujjatlarning mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Natijalar Xitoyning mutlaq yetakchiligini (2901 iqtibos), Osiyo mamlakatlarining kuchayib borayotgan ta’sirini va ilmiy faoliyatning 2021–2024 yillarda keskin o‘sishini tasdiqlaydi. Yadro jurnallar (Frontiers in Microbiology, Plant and Soil, Environmental and Experimental Botany va boshqalar) ilmiy mahsuldorlikning asosiy qismini egallaydi. Top-10 hujjatlar PGPR ning ion balansi, antioksidant tizimlar, fito-gormonlar va ildiz chiqindilari orqali stress mexanizmlarini o‘zgartirishini ko‘rsatadi. Tahlil barqaror qishloq xo‘jaligi va iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun mikrobiom texnologiyalarining kelajak istiqbollarini ochib beradi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Ozoda Xaydarova, Toshkent davlat agrar universiteti

tayanch doktorant

Gulchexra Sodiqova, Toshkent davlat agrar universiteti

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti

Mo‘tabar Xo‘janazarova, Toshkent davlat agrar universiteti

“Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti